Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kino olamida 30 yildan ortiq vaqt davomida rol o‘ynab kelayotgan asli avstraliyalik aktyor Xyu Jekman 12-oktyabr kuni 55 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan Xyu Jekmanning eng mashhur rollarini yodga olamiz.

Foto: Getty Images

Aktyor hozirda ham ko‘plab filmlarda suratga tushmoqda. Bu yil fransuz ssenariynavis va rejissori Florian Zellerning “O‘g‘il” dramatik filmi ekranlarga chiqdi, unda Jekman bosh rolni o‘ynadi. Kelgusi yilda “Dedpul 3” premyerasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, filmda u o‘zining Rosomaxa obraziga qaytadi. Aktyor hozir ham ajoyib formada — bu roli uchun u maxsus parhezga amal qiladi va sport bilan tez-tez shug‘ullanadi.

“G‘aroyib odamlar”

Jeyms Logan yoki Rosomaxa roli Jekmanning Gollivuddagi birinchi katta rolidir. Komikslarga asoslangan superqahramon filmi aktyorga e’tirof va ko‘p millionlik gonorar olib keldi. Uning qahramoni professor Charlz Xaver boshchiligidagi super kuchlarga ega mutantlar jamoasi tarkibida dunyoni yovuz kuchlardan himoya qilishi kerak. Faoliyati davomida aktyor bu rolni qayta-qayta ijro etgan, garchi u qahramoni bilan xayrlashish vaqti kelganligini bir necha bor ta‘kidlagan bo‘lsa ham. Ammo 2024-yilda Jekman o‘ninchi marta Rosomaxa rolini o‘ynaydi. U “Dedpul 3” filmida ham tanish obrazda paydo bo‘ladi, filmda xuddi shu nomdagi superqahramonga duch keladi.

“Keyt va Leo”

Gollivudga yangi kelgan Jekmanning filmografiyasida keyingi muhim rol “Keyt va Leo” romantik komediyasi bo‘ldi. Mazkur filmda aktyor zamonaviy Nyu-Yorkka tushib qolgan Olbani gersogi rolini o‘ynaydi. Tovarlar bo‘yicha ekspert bo‘lib ishlaydigan shuhratparast va biroz beadab qiz Keyt Makkey (Meg Rayan) bu yangi joyda unga yordam beradi. Jekmanning qahramoni olijanobligi va yaxshi xulq-atvori bilan qiz qalbini zabt etadi, Keyt esa uni zamonaviy ayollarga xos bo‘lgan mustaqilligi bilan maftun qiladi.

“Afsungar”

2006-yilda 19-20-asrlar oxirida ikki sehrgar va illyuzionistlar o‘rtasidagi professional urush haqidagi “Afsungar” dramatik trilleri ekranlarga chiqdi. Jekmanning ekrandagi raqibi Kristian Beyl edi. Kristofer Nolanning filmi “Eng yaxshi kinematografiya” va “Eng yaxshi prodyuserlik” nominatsiyalarida “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘ldi. Film mukofotlarga sazovor bo‘lmadi, lekin tanqidchilar filmni ijobiy qabul qilishdi.

“Avstraliya”

Aristokratlar va superqahramonlar rollaridan keyin ushbu filmda Xyu Jekman oddiy chorvador obrazini jonlantirdi. Ushbu film voqealari aktyorning vatani — Avstraliyada bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi jahon urushi boshlanishi arafasida Nikol Kidman o‘ynagan ingliz xonimi Sara Eshli Avstraliyaga keladi. Erining o‘ldirilishidan keyin u ingliz chorvadorlari qo‘lga kiritishni orzu qilgan rancho uchun kurashishga majbur bo‘ladi. Chorvador (Jekman) Eshliga bu qarama-qarshilikdan omon qolishga yordam beradi.

“Haqiqiy po‘lat”

Shon Levi rejissorligidagi ilmiy-fantastik dramada Jekman qarzga botgan sobiq bokschi Charli Kenton rolini o‘ynaydi. Filmning ijrochi prodyuseri Stiven Spilberg va Robert Zemekis edi. Film voqealari yaqin kelajakda sodir bo‘ladi, unda odamlar o‘rtasidagi janglar taqiqlanadi, shuning uchun bundan buyon ringga boshqariladigan ulkan robotlar kiradi. Vaqt o‘tib, Kenton janglarda yutqazadi. Xuddi shu davrda uning sobiq xotini vafot etadi, shuning uchun qahramon o‘g‘li Maksni vaqtincha qaramog‘iga oladi. Endi Kenton jangda g‘alaba qozonish uchun nafaqat temir uyumiga g‘amxo‘rlik qilishi, balki o‘smir bilan umumiy til topishga harakat qilishi ham kerak.

“Xo‘rlanganlar”

Viktor Gyugoning xuddi shu nomli romani asosida suratga olingan “Xo‘rlanganlar” musiqiy filmi Xyu Jekmanga “Eng yaxshi erkak roli” uchun “Oskar” nominatsiyasini olib keladi. Tanqidchilar uning Jan Valjan rolini benuqson deb ta‘kidlaydi. Ushbu loyihada Jekman aktyorlikning yangi qirralarini ochadi va o‘zining musiqiy janrdagi eng yaxshi aktyorlardan biri ekanligini isbotlaydi.

“Betakror shoumen”

Yana bir musiqiy film va “Oltin globus” nominatsiyasi. Ushbu filmda Jekman mashhur bo‘lishni orzu qilgan tarixiy shaxs — amerikalik tadbirkor Pineas Teylor Barnum rolini o‘ynaydi. O‘z orzularini ro‘yobga chiqarish uchun qahramon eng iste‘dodli va g‘ayrioddiy san‘atkorlar truppasi bilan sirk ochadi. Ular sahnada aqlbovar qilmaydigan spektakllarni namoyish etishayotganda, sahna ortida har bir qahramonning shaxsiy dramalari ochiladi.

Sentyabr oyi o‘rtalarida Jekman 27 yillik turmush o‘rtog‘i Deborra-Li Furness bilan ajrashayotgani ma’lum bo‘ldi. 

“Biz qariyb o‘ttiz yil davomida sevgiga to‘la nikohda yashash baxtiga muyassar bo‘ldik. Ammo endi yo‘llarimiz ajraladi: har birimiz shaxsiy o‘sishda davom etishimiz uchun ajralishga qaror qildik. Biz shu vaqtgacha bir oila bo‘lib kelganmiz va shunday bo‘lib qoladi”, — dedi sobiq juftlik bayonotida.
Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »