Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Yanne Andersson Belgiyaga qarshi uchrashuv to‘xtatilganiga izoh berdi. 

Voqea haqida tanaffus vaqtida, kiyim almashtirish xonasiga yo‘l olayotganda eshitdim. Bizning qarorimiz xuddi belgiyaliklarniki singari aniq edi: biz davom eta olmasdik.

Bu juda jirkanch. Qayg‘udaman. Bu haqiqiy tragediya. Qanaqa dunyoda yashayapmiz? Jin ursin!

Bunaqa narsalar sodir bo‘lib turganda, futbol o‘ynash xayolga sig‘maydi. Buni futbolchilarga yetkazdim va ular rozi bo‘ldi. Belgiya terma jamoasi ham bunga qo‘shildi. Biz futbol o‘ynamaymiz. Bunday narsa qayta sodir bo‘lmasligiga umid qilamiz. 

Yanne Andresson, Shvetsiya terma jamoasi bosh murabbiyi

Yevro—2024 saralashidan o‘rin olgan uchrashuv Bryusselda shvetsiyalik ikki nafar muxlis otib ketilgani tufayli to‘xtatildi. Qotil voqea joyidan yashiringan. Keyinchalik ijtimoiy tarmoqqa video joylab, o‘zini ISHID a’zosi ekanligini aytib o‘tgan

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »