Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarning yuqori sinflari uchun 4 ta yo‘nalishda tanlov fanlari belgilandi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova ma’lum qildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 192-sonli buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinflarida (joriy o‘quv yilida 10-sinflarda) 4 ta yo‘nalish (matematika-fizika, ona tili-chet tili, kimyo-biologiya, matematika-chet tili) bo‘yicha tanlov fanlari belgilab berildi hamda tajriba-sinovdan o‘tkazish tartibi, o‘quv rejalari, tushuntirish xati, tajriba-sinovdan o‘tkaziladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

2023/2024-o‘quv yilida respublika bo‘yicha 135 ta umumta’lim maktablari tanlab olinib, ushbu maktablarda jami 137 ta sinflarda 4 050 nafar o‘quvchi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablarining tajribalaridan kelib chiqib ishlangan o‘quv dasturlar asosida tahsil olmoqda.

Xususan, matematika-fizika yo‘nalishida 16 ta, ona tili-chet tili yo‘nalishida 51 ta, kimyo-biologiya yo‘nalishida 40 ta, matematika-chet tili yo‘nalishda 30 ta sinflarda o‘quvchilar o‘zlari qiziqqan yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olmoqda. Tanlov fanlari asosida ta’lim olayotgan o‘quvchilar bilimi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yo‘lga qo‘yilgan yangi formativ va summativ baholash tizimi asosida baholanadi. Kelgusi o‘quv yillardan boshlab o‘quvchilarning qiziqishi va qobiliyatiga qarab yangi yo‘nalishlar tavsiya etilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »