Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Taraz shahri 2-sonli sudi kelin o‘g‘irlaganlikda ayblangan ikki erkak — Mang‘istau va Aqto‘be viloyatlarida tug‘ilgan shaxslarni yetti yildan ozodlikdan mahrum qildi, deb xabar berdi Jambil viloyati prokuraturasi matbuot xizmati.

Foto: Tengrinews

Nazorat qiluvchi organ maʼlumotlariga ko‘ra, 2022-yil bahorida fuqaro J. o‘zaro do‘stlar orqali fuqaro A. bilan tanishgan. Bir nechta uchrashuvlardan so‘ng, qiz keyingi muloqotni rad etgan. Biroq fuqaro J. turmush qurish uchun uni o‘g‘irlashga qaror qilgan.

2023-yil fevral oyida do‘sti bilan Tarazga kelgan erkak qizni aldab, majburan mashinaga o‘tqazib, shaharni tark etishga uringan. Qizning yordam so‘rab qichqirganini qo‘shnilar eshitib, politsiyani chaqirishgan.

Politsiya tezda javob qaytargan va gumondorlarning mashinasini qo‘lga olgan.

21-sentyabr kuni sud hukmi bilan ikkalasi ham — bo‘lajak kuyov va uning do‘sti “odam o‘g‘irlash” moddasi 2-qismi 1-bandi bo‘yicha aybdor deb topildi. Hukm hali qonuniy kuchga kirmagan.

Qozog‘iston jinoiy qonunchiligida haligacha kelin o‘g‘irlash bo‘yicha alohida modda yo‘q. Respublikada bunday ishlarga aloqador shaxslar, qoida tariqasida, 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutuvchi “odam o‘g‘irlash” moddasi bo‘yicha sudlanadi (ammo unda o‘g‘irlangan ayolni o‘z ixtiyori bilan ozod qilgan shaxs javobgarlikka tortilmaydi, degan band mavjud).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »