Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tgan 28-Pusan ​​xalqaro kinofestivalida qirg‘izistonlik rejissor Mirlan Abdiqaliqovning “Kiz ala kachuu” (“Qiz olib qochish”) filmi qisqa metrajli filmlar tanlovida bosh mukofot bilan taqdirlandi. Bu haqda film prodyuseri Oltinoy Qo‘ychumanova o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

4-oktyabrdan 13-oktyabrgacha davom etgan ushbu festival doirasida filmning jahon premyerasi bo‘lib o‘tdi. Kino tanqidchilarining fikricha, film tomoshabinlarga chuqur hissiy ta’sir ko‘rsatgan.

Rejissor Mirlan Abdiqaliqov o‘zining yangi kartinasida Qirg‘iziston uchun dolzarb muammo bo‘lgan qiz o‘g‘irlash mavzusini ko‘targan. Filmda voqealar Bishkekning yangi qurilayotgan hududlarida bo‘lib o‘tadi.

Osiyoning ushbu nufuzli festivalidagi g‘alaba Qirg‘iziston kinematografiyasi uchun muhim voqea bo‘ldi. U jahon jamoatchiligi e’tiborini qirg‘iz kinoijodkorlari ijodiga qaratadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »