Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi deputatlari davlat bayrog‘idagi quyosh nurlari shaklini o‘zgartirishni taklif qilmoqda, deyiladi parlament saytidagi xabarda.

Foto: Sputnik

Parlament spiker Nurlanbek Shakiyev va deputat Ulan Primov tegishli tashabbus bilan chiqqan.

Deputatlar Qirg‘iziston bayrog‘i markazidagi quyosh nurlari to‘lqinsimon bo‘lganidan kungaboqar guliga o‘xshab qolganini aytgan. Ular quyosh nurlarini tekis, to‘g‘ri qilib tasvirlashni taklif qilgan.

Qirg‘iziston bayrog‘idagi quyosh nurlarining yangi eskizini ishlab chiqish uchun dastlabki bosqichda ushbu bayroq mualliflari jalb qilingan, ular matematik hisob-kitoblar, chizmalar va tegishli ishlarni amalga oshiryapti.

Qirg‘iziston bayrog‘ining yangi ko‘rinishi uchun taklif qilingan variant
Foto: Jogorku Kenesh

Amaldagi Qirg‘iziston bayrog‘i mamlakat Jogorku Keneshining 1992-yil 3-martdagi qarori bilan tasdiqlangan. Unga muvofiq, bayroq rangi qizil bo‘lib, markazida tasvirlangan quyosh nurlari bilan o‘ralgan o‘tovning tuynugi milliy ramz ekani belgilab qo‘yilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »