Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amazon asoschisi, pulining katta qismini xayriya ishlariga sarflashga va’da bergan Jeff Bezos LVMH bosh direktori Bernard Arnodan o‘zib, yana dunyoning eng boy odamlari reytingida ikkinchi o‘ringa ko‘tarildi. Yil boshidan buyon tadbirkorning boyligi 49,3 milliard dollarga oshib, 156 milliard dollarga yetdi.

Sirk artisti oilasida tug‘ilgan

Foto: Getty Images

Bo‘lajak milliarder Jeffri Preston Yorgensen 1964-yil 12-yanvarda Albukerke (Nyu-Meksiko)da 17 yoshli Jaklin Giz va sirkda velosiped bilan tryuklar ko‘rsatadigan 19 yoshli Teodor Yorgensen oilasida tug‘iladi. Ko‘p o‘tmay, ota-onasi ajrashib ketadi va onasi kichik Migel Bezosga turmushga chiqadi. Migel bolaga o‘z familiyasini beradi. Biologik otasi esa Jeffrining taqdiri bilan qiziqmaydi ham. U o‘g‘li milliarder bo‘lganini Amazon asoschisi haqida biografik kitob yozmoqchi bo‘lib, uni qidirib kelgan jurnalistdan biladi.

McDonald’sda ishlagan

16 yoshli o‘smirlik davrida Bezos ta’til paytida McDonalds’da yarim kunlik smenada ishlagan — u tez buyurtmalar qatorida turib burger tayyorlagan. Jeffri biznesdagi birinchi tajribasini shu yerda o‘rganadi — u o‘zining qiz do‘sti bilan birgalikda o‘rta maktab o‘quvchilari uchun Dream Institute deb nomlangan yozgi o‘quv lagerini tashkil qiladi. Yosh biznesmenlar yozgi lagerdagi oltita palatkaning har biridan 600 dollar ishlab topishadi.

Foto: Getty Images

Amazon’ga garajida asos solgan

Amazon’ning tarixi veb-saytning ishga tushirilishi bilan boshlanadi. Bezos 300 ga yaqin do‘stlari va ularning tanishlarini beta-testga jalb qiladi. Shu bilan birga, dastlab Cadabra deb nomlangan onlayn kitob savdosi xizmatining birinchi ofisi ham yosh tadbirkorning garajida joylashgan edi. Aytishlaricha, birinchi ish stollari pulni tejash uchun yog‘och eshiklarning kesilgan va mixlangan qismlaridan qilingan. Kompaniya ishini yo‘lga qo‘yib olgach, elektronika, kiyim-kechak, o‘yinlar va dasturiy ta’minot sotishni kengaytiradi va o‘zini dunyodagi eng chuqur daryo — Amazon nomi bilan ataydi.

Foto: Getty Images

Los-Anjelesdagi eng qimmat uyni sotib olgan

2020-yil boshida Bezos Kaliforniyaning Beverli-Xillz shahridan uy sotib oladi. Uy uchun prodyuser va Geffen Records ovoz yozish studiyasi asoschisi Devid Geffenga 165 million dollar to‘laydi. Ushbu tranzaksiya summasi Los-Anjelesdagi ko‘chmas mulk bo‘yicha rekordga aylanadi. Hashamatli uy 1930-yillarda Warner Bros. kinokompaniyasi prezidenti Jek Uorner uchun qurilgan. Ko‘chmas mulk  9 akr (taxminan 3,6 gektar)da joylashgan bo‘lib, 8 ta yotoqxonaga qo‘shimcha ravishda katta bog‘, golf maydoni, tennis korti va bir nechta mehmonlarga mo‘ljallangan uylari o‘z ichiga oladi.

Foto: Getty Images

Vertolyot halokatidan omon qolgan

2003-yilning mart oyida Bezos va yana bir necha kishi Texas janubi-g‘arbiy qismida vertolyot halokatida halok bo‘lishiga oz qolgan. Kuchli shamol natijasida vertolyot uchuvchisi boshqaruvni yo‘qotgan, shundan so‘ng vertolyot daraxtlarga urilib, oqimga qulagan. Deyarli barcha yo‘lovchilar kichik jarohatlar olgan, biroq Bezosning advokati Elizabet Korrel umurtqa pog‘onasidan jarohatlanib, kasalxonaga yotqizilgan. Shundan keyin tadbirkor vertolyotlardan uzoqroq yurishga harakat qilishini aytadi, chunki ular “qo‘zg‘almas qanotli samolyotlar kabi ishonchli emas”.

Foto: Getty Images

“Samoviy yo‘l” filmida rol o‘ynagan

2016-yilda Bezos “Samoviy yo‘l” filmida epizodik rol o‘ynaydi. Tadbirkor bolaligidan mazkur filmning ashaddiy muxlisi bo‘lgan, shuning uchun ilmiy-fantastik franshizaning 13-to‘liq metrajli filmida ishtirok etishni rad etmagan. Tanib bo‘lmas darajada grim qilingan Bezos bir necha soniya davomida ekranda o‘zga sayyoralik yulduz floti ofitseri sifatida paydo bo‘ladi va faqat bitta “Rost gapir” jumlasini aytadi. Ammo suratga olish maydonchasida Amazon asoschisi haqiqiy yulduzga aylanadi. “Prezidentning shaxsan o‘zi tashrif buyurayotgandek bo‘lgandi”, deydi film rejissori Jastin Lin.

Foto: Getty Images

 

Kosmosga uchgan

2021-yil iyul oyida Jeff Bezos o‘zining Blue Origin aerokosmik kompaniyasi tomonidan qurilgan New Shepard kemasida koinotga uchadi. Tadbirkorga uch kishi hamroh bo‘lgan: uning ukasi Mark, 82 yoshli professional uchuvchi Uolli Fank va gollandiyalik milliarder Jos Damenning o‘g‘li 18 yoshli Oliver Damen. Natijada birdaniga uchta jahon rekordi o‘rnatiladi: sayyoradagi eng boy odam, shuningdek, dunyodagi eng keksa va eng yosh kosmonavt kosmosga uchadi. O‘n daqiqadan sal ko‘proq davom etgan parvoz vaqtida uch kishi bo‘lgan kapsula 107 km balandlikka ko‘tarilib, maksimal tezligi 3595 km/soatga yetadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »