Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Mashhur aktyorlarning ko‘pincha yuqori gonorar oladi. Ammo ba’zilarga to‘lanadigan gonorarlar hatto kino muxlislarini ham hayratda qoldirishi mumkin. Axir, bir necha daqiqa yoki bir necha kun ichida bir necha million dollar topish mumkinligini tasavvur qilish qiyin.

Jared Leto

Foto: AdMe

Ko‘pchilik Jared Letoni Joker sifatida tan olmasa ham, bu rol aktyorga yaxshi daromad keltiradi. 7 daqiqalik ekran vaqti uchun Leto 7 million dollar oladi va bu daqiqasiga 1 million dollarga to‘g‘ri keladi.

Kameron Dias

Foto: AdMe

Aktrisa “Shrek 2” filmidagi malika Fionaga bergan ovozi uchun u 10 million dollar olgan. Ma’lum qilinishicha, Dias multfilmdagi ishiga jami ikki kun sarflagan.

Zendaya

Foto: AdMe

“Dyuna” filmidagi 7 daqiqalik ekran vaqti uchun Zendayaga taxminan 300 ming dollar to‘langan.

Enn Xeteuey

Foto: AdMe

“Xo‘rlanganlar” filmidagi roli uchun aktrisa nafaqat “Oskar”, balki yaxshigina gonorar ham oladi. Ekrandagi atigi 15 daqiqa aktrisaga 10 million dollar olib keladi.

Tom Felton

Foto: AdMe

“Yosh sehrgarning raqibi rolini o‘ynagan Tom Felton “Garri Potter”dagi roli uchun 14 million funt sterling olgan.

Meril Strip

Foto: AdMe

“Mamma mia! 2” filmidagi 5 daqiqalik roli uchun aktrisa 3 million dollar oladi.

Sher

Foto: AdMe

Sherning “Mamma mia! 2” filmidagi roliga 1 million dollar to‘lanadi. Va bu atigi 7 daqiqalik ekran vaqti uchun edi.

Mark Xemill

Foto: AdMe

“Yulduzlar jangi: Kuch uyg‘onishi” filmining yettinchi epizodidagi Lyuk Skayuolker roli uchun aktyor taxminan 1 milliondan 3 million dollargacha olgan bo‘lsa-da, franshizaning barcha qismlari uchun umumiy daromadi, albatta, bundan ham ko‘proq edi.

Vin Dizel

Foto: AdMe

Aktyor Marvel filmida Grutga ovoz bergani uchun rekord darajadagi 54,5 million dollar gonorar oladi, ya’ni har bir film uchun taxminan 13 million dollar. Aslida esa aktyor “Men Grutman” va “Biz Grutmiz” degan bir nechta iboralardan boshqa hech narsa aytmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »