Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivuddagi mashhur aktrisalarning son-sanog‘i yo‘q. Ularning ayrimlari muvaffaqiyatga erishibgina qolmay, oilasini yetarli miqdorda moliyaviy tomondan ham ta’minlagan, hattoki vafotidan keyin ham.

Divya Bxarti — 19 yoshida vafot etgan

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Bollivudning eng muvaffaqiyatli aktrisalaridan biri — Divya Bxarti 19 yoshida vafot etgan. Uning hayotida baxtsiz hodisa yuz berishidan avval aktrisa bir necha yilga shartnomalar imzolagan edi. Ma’lum bo‘lishicha, 1993-yilda u oilasiga qariyb 700 million rupiy, ya’ni salkam 10 million dollar mablag‘ qoldirgan.

Shridevi — 54 yoshida vafot etgan 

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Yana bir mahoratli aktrisa Shridevi kinoprodyuser Boni Kapurga turmushga chiqqan. Vafotidan keyin uning 2,5 milliard rupiy, ya’ni 34 million dollarlik mulki ikki qizi — Janvi va Khushi Kapurlar tomonidan taqsimlab olingan. Shuningdek, vidolashuv marosimi translyatsiyasidan ham oila katta daromad ko‘rgan.

Saundarya avtohalokatda vafot etgan

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Saundarya Amitabh Bachchan bilan “Quyoshli sulola” filmida rol ijro etib, mashhurlikka erishdi. Afsuski, oradan 5 yil o‘tib, aktrisa avtohalokat oqibatida vafot etadi. Xabarlarga ko‘ra, u oilasiga 500 million rupiy, ya’ni 6,6 million dollar miqdorida mol-mulkini qoldirgan.

Rima Lagu — 2017-yilda vafot etgan

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Rima Lagu turli xil xarakterdagi ona obraziga mos keladigan ko‘p qirrali hind aktrisalaridan biri edi. 2017-yilda aktrisa yurak xuruji tufayli hayotdan ko‘z yumdi. Rima 200 million rupiya — 2,6 million dollar  miqdordagi aktivlarni oila a’zolariga qoldirgan.

Jiya Xon o‘z joniga qasd qilgan

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Karyerasini 19 yoshida boshlagan Jiya Amitabh Bachchan bilan “Muhabbatga ishonib bo‘lmaydi” filmidagi ijrosi orqali muvaffaqiyatga erishgan. Keyinchalik u sevgilisi Suraj Pancholi tomonidan xiyonatga uchragach, o‘z joniga qasd qilgan. Ma’lum bo‘lishicha, uning sof aktivlari 150 million rupiy — 2 million dollarni tashkil etgan va uning oila a’zolariga berilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »