Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Yashirin qotil” butun dunyo bo‘ylab 5 millionga yaqin odam mazkur kasallikka chalingan. Ayollar bu dardiga ko‘proq moyil bo‘ladi. Tashxis qo‘yilganlar orasida qo‘shiqchilar — Selena Gomez, Ledi Gaga va amerikalik xonanda Sil ham bor. Ushbu kasallikning nomi volchanka (qizil yuguruk).

Foto: Getty Images

Volchanka belgilari boshqa kasalliklar bilan chalkashishi mumkinligi sababli tashxis qo‘yish qiyin bo‘ladi. Bundan tashqari, u yillar davomida “harakatsiz” holatda bo‘lishi mumkin. Shu sababli kasallik norasmiy ravishda “yashirin qotil” deb ataladi.

Bu qanday kasallik?

Lupus (volchanka) — bu tanadagi har qanday organ yoki to‘qimalarga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan autoimmun kasallik. Odatda infeksiyaga qarshi kurashadigan va tanani himoya qiladigan immunitet tizimi sog‘lom hujayra va organlar — bo‘g‘imlarga, yurakka, buyraklarga va o‘pkaga hujum qilishi bilan tavsiflanadi.

Foto: Getty Images

Ayollar bu kasallikka ko‘proq moyil — ular erkaklarga qaraganda to‘qqiz marta ko‘p kasal bo‘lishadi. Bu, birinchi navbatda, 15 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan odamlarga ta’sir qiladi. Shu bilan birga, qizil yuguruk ham bolalikda, ham keksalikda aniqlanishi mumkin. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, oq tanlilarga qaraganda afroamerikaliklarda tez-tez uchraydi. Lupusning sababi hali to‘liq o‘rganilmagan. Tadqiqotchilar kasallikni nima qo‘zg‘atishi mumkinligini aniqlashga harakat qilmoqda.

Simptomlari:

Volchanka yonoqlarda va burun ko‘prigida toshma shaklida paydo bo‘ladi. Biroq har bir bemorda simptomlar butunlay boshqacha bo‘lishi mumkin. Kasallikning ko‘pgina belgilari o‘xshash emas, shuning uchun qizil yugurukni tashxislash qiyin bo‘lishi mumkin.

Foto: Getty Images

Volchankaning belgilariga quyidagilar kiradi:

  • mushaklardagi og‘riqlar;
  • 37,7 ° C dan yuqori harorat;
  • odam yaxshi uxlagan bo‘lsa ham charchoq hissi;
  • burun va yonoqlarda kapalak shaklidagi toshma;
  • chuqur nafas olayotganda og‘riq;
  • soch to‘kilishi;
  • quyosh nuriga sezgirlik;
  • og‘izdagi yaralar: milk, yonoq yoki labda;
  • ortiqcha vazn, shishgan to‘piqlar va yuqori qon bosimi;
  • anemiya;
  • quruq yoki yallig‘langan ko‘zlar, ko‘z qovoqlarida toshma;
  • ba’zi bemorlarda kuzatiladigan unutuvchanlik va chalkashlik;
  • qon ivishining buzilishi.

Oqibatlari

Ba’zi bemorlarda yurak to‘qimalari va qon tomirlarining shikastlanishi tufayli yurak kasalligi kabi boshqa kasalliklar rivojlanish ehtimoli ko‘proq. Bu aterosklerozga olib kelishi mumkin, bunda qon tomirlarida (arteriyalarda) yog‘, xolesterin yoki kalsiydan iborat blyashka paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, yurakning mushak to‘qimalariga qon ta’minoti kamayishi yoki to‘xtashi bilan bog‘liq bo‘lgan koroner yurak kasalligining rivojlanish xavfi mavjud.

Davolanish

Aniq tashxis va o‘z vaqtida davolash yordamida qizil yuguruk bilan kasallangan ko‘pchilik odamlar normal hayot kechirishda davom etishlari mumkin. Biroq bu kasallikni to‘liq davolash mumkin emas. Terapiyaning asosiy maqsadi ichki organlarga zarar yetkazish xavfini kamaytirishdir.

Bu kasallikka kimlar chalingan?

Qo‘shiqchi va aktrisa Selena Gomesga 2013-yil oxirida qizil yuguruk tashxisi qo‘yilgan. Xonanda kimyoterapiya olish uchun karyerasidan tanaffus oladi. Volchanka tufayli xonandaning buyraklari ishlamay qoladi. 2017-yilning kuzida unga buyrak ko‘chirib o‘tkaziladi. Shifokorlar Gomes qarindoshlarining organlari transplantatsiya uchun mos emasligini aniqlaydi. Bolalikdagi do‘sti Fransiya Raisa bitta buyragini dugonasiga beradi.

Foto: Getty Images

Xonanda Ledi Gaga 2010-yilda yurak urishi buzilishidan shikoyat qila boshlagan. Kasallikka test topshirgach, natija ijobiy chiqadi. “Oilamda volchanka bilan kasallanganlar bor, lekin hozirda menda qizil yugurukning boshqa belgilari yo‘q, garchi menda test ijobiy bo‘lsa ham”, degandi qo‘shiqchi o‘sha paytda.

Foto: Getty Images

Amerikalik qo‘shiqchi Sil ko‘p yillardan beri shu kasallik bilan yashab keladi. Kasallik unda 21 yoshida aniqlangan, hozir u 60 yoshda. Qo‘shiqchida diskoid qizil yuguruk bor, bu uning yuzida chandiqlar qoldiradigan yaralarni keltirib chiqaradi. Sil karyerasining boshida chandiqlaridan xijolat bo‘lganini tan oladi.

Foto: Getty Images

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »