Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini keskin tanqid qilib, Isroilga tashrifini bekor qilganini aytdi. Bu haqda TRT Haber xabar berdi.

Foto: TRT Haber

Erdo‘g‘on Turkiya parlamentida so‘zlagan nutqida tegishli ma’lumotni yetkazdi.

“Isroilga tashrif dasturim bor edi, uni bekor qildim, tashrif bo‘lmaydi”, — dedi Rajab Toyyib Erdo‘g‘on.

Turkiya prezidenti Isroil va boshqa davlatlar HAMASni terrorchi tashkilot deb atayotgani, biroq HAMAS o‘z zaminini himoya qilish uchun kurashayotgan ozodlik tashkiloti ekanini ta’kidladi.

“7-oktyabrdan beri Isroil G‘azo sektorida begunoh odamlarga qarshi eng qonli va jirkanch portlashlardan birini amalga oshirmoqda. G‘azoda halok bo‘lganlarning deyarli yarmi bolalar, qolgan yarmi ularning onalari va qarindoshlari. Bu ma’lumotlar Isroil maqsadi o‘zini himoya qilish emasligini ko‘rsatadi”, — dedi Turkiya prezidenti.

U Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilib, Anqara “G‘azoda bolalarning o‘ldirilishiga yo‘l qo‘ymasligini” ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektoriga hujum uyushtirganlar ham, uni qo‘llab-quvvatlaganlar ham “ruhiy kasallik” alomatlarini ko‘rsatmoqda.

Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan munosabatlarni nihoyat normallashtirish niyatida bo‘lgani, biroq Isroil turk tomonining “yaxshi niyatini suiiste’mol qilgan” va o‘zaro javob qadami bo‘lmaganini bildirdi.

Shuningdek, siyosatchi AQSH yutqazishi, chunki u Isroil bilan “adolatga qarshi” turayotganini aytdi. Turkiya prezidentining fikricha, G‘arb “haqiqatdan yuz o‘girgan” va “g‘ayriinsoniy hujumlar” uchun oqlanish izlamoqda.

“Amerika dunyoning adolatli boshqarilishini istamaydi, u ham yutqazadi”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan tashqari, siyosatchi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushida tinchlik tarafdori bo‘lgan va G‘azodagi qirg‘in haqida sukut saqlayotganlarning xatti-harakatlarini ikkiyuzlamachilik deb atadi va G‘arb davlatlarini Isroilni qo‘llab-quvvatlash nomi bilan “olovga moy quyishda” aybladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »