Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Poytaxtdagi odamlar ko‘p harakatlanadigan chorraha va bozorlar atrofida 24-oktyabr kuni piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Toshkent shahar YHXB tomonidan “Diqqat, piyoda!” tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

“Chorsu” bozori atrofida o‘tkazilgan tadbirda shu narsa maʼlum bo‘ldiki, ko‘plab fuqarolar piyodalar o‘tish yo‘lida svetofor chiroqlariga amal qilsa-da, lekin telefonda gaplashib yoki quloqchin taqqan holda harakatlanmoqda.

“Xizmat vaqtimizda piyodalar o‘zlariga mo‘ljallangan yo‘lakda, yashil chiroqda harakatlanmoqda. Lekin harakat vaqtida telefon va quloqchindan foydalanmoqda. Bu bo‘yicha ular bilan suhbatlanganimizda “bu mumkin emasligini bilmasdik”, deb o‘zlarini oqlashga harakat qilishdi”, — dedi Toshkent shahar YHXB xodimi Husniddin O‘rozov.

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 138-moddasiga ko‘ra, piyodalar o‘tish joyida harakatlanayotganda telefondan foydalanishi, kitob yoki davriy nashrlarni o‘qishi, videomaterial tomosha qilishi hamda audiomaterial eshitishi, shuningdek, eʼtiborni chalg‘itadigan boshqa elektron vositalardan foydalanishi — bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi (110 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Husniddin O‘rozovning qo‘shimcha qilishicha, eng ko‘p buzilayotgan qoidabuzarliklardan biri — piyodalarning belgilanmagan joylardan harakatlanishi.

Qonunchilikka ko‘ra, piyodalarning yo‘lning harakat qismini belgilanmagan joylardan kesib o‘tishi bazaviy hisoblash miqdorining uchdan bir qismi (110 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »