Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tasvirga olish jarayonida ko‘pchilik aktyorlar uy sharoitida tayyorlangan taomni afzal ko‘radi. Salmon Xon tez-tez, ammo oz-ozdan ovqatlanishni yaxshi ko‘radi. Amir Xon esa har ikki soatda ovqatlanadi. Ritik Roshan yeydigan har bir narsasining kaloriyasini diqqat bilan hisoblaydi. Keling, yulduzlarning tushlik qutisida nima borligini ko‘rib chiqaylik.

 
Sonakshi Singha
 
Foto: Bollywoodtime

Sonakshi Singha har uch soatda kichik ovqat yeydi. Uning tushlik qutisida har doim uyda yopilgan non, sabzi va salat bo‘ladi. Shuningdek, u baliq, tovuq go‘shti va tuxum oqini yaxshi ko‘radi.

Salmon Xon ham nonushtaga tovuq go‘shti, tuxum oqi va baliq yeyishni yaxshi ko‘radi. U shakar va qayta ishlangan ovqatlardan voz kechgan, o‘rniga salatlarni afzal ko‘radi.

Jon Abraham oddiy, sog‘lom gazaklarning katta muxlisi. Tushlikda u yopgan non, yasmiq sho‘rva va ismaloq iste’mol qiladi. Nonushtaga esa bir stakan yangi sharbat, oltita tuxum oqi, saryog‘ surtilgan yog‘li tost va 10 ta bodom yeydi.

 
Ranbir Kapur
Foto: Bollywoodtime

Ranbir Kapur uyda pishirilgan taomlarni yaxshi ko‘radi. Nonushta uchun u tuxum oqini iste’mol qilishga va bir stakan sabzavot sharbatini ichishga harakat qiladi. Tushlikka Ranbir hind taomlari (dal, roti, sabzi va tvorog) iste’mol qiladi.

Ritik Roshan yog‘li va qovurilgan ovqatlarni iste’mol qilmaslikka harakat qiladi. U kuniga 6-7 marta yangi meva va sabzavotlarni iste’mol qilishni yaxshi ko‘radi. Uning sevimli taomlari — shirin kartoshka, jigarrang guruch, tovuq va ko‘p miqdordagi suv.

Ranvir Singx tushlik uchun yog‘siz go‘shtli non va bir tarelka salatni afzal ko‘radi.

 
Ranvir Singx
 
Foto: Bollywoodtime

Varun Dhavan tushlikka bug‘da pishirilgan jigarrang guruch, uchta non, brokkoli va pishirilgan tovuq iste’mol qiladi. Nonushtaga esa omlet, ovsyanka va buterbrod yeyishni yaxshi ko‘radi.

Sidharth Malhotra tovuq, baliq, go‘sht va oqsilga boy ovqatlar iste’mol qiladi. Shuningdek, u ko‘p miqdorda suv va proteinli kokteyllar ichadi.

Sunil Shetti nonushta uchun tuxum oqi va jigarrang nonni afzal ko‘radi, suratga olish paytida esa o‘zi bilan non, jigarrang guruch va sabzavot olib yuradi.

Dipika Padukone ertalab tuxum oqi, yalpizli chutni, upma, idli yoki paratha (milliy taomlar nomlari) yeyishni yaxshi ko‘radi.

 
Dipika Padukone 
 
Foto: Bollywoodtime

Priyanka Chopra umuman ovqat tanlamaydi. U pepperroni pitssadan tortib paratxagacha hamma narsani yeydi. Uning kundalik ratsionida non, sabzavot, sho‘rva, salat, guruch va ko‘plab mevalar mavjud.

Katrina Kaif jigarrang guruch, loviya va sabzavotli salatni afzal ko‘radi. Tushlik paytida asosan yangi siqilgan sharbat ichadi.

Nonushta uchun Shilpa Shetti choy, oqsilli kokteyl, ikkita xurmo va sakkizta qora mayiz yeydi. Tushlik esa sariyog‘, sabzavot va tovuq go‘shti va besh xil turdagi dondan tayyorlangan nondan iborat.

 
Shilpa Shetti
Foto: Bollywoodtime

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »