Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bugungi kunda “aqlli” uyda yashash odatiy holga aylanib bormoqda. Shu bilan birga o‘zi bog‘lanadigan krossovka, rangini o‘zgartiradigan liboslar ham allaqachon yaratilgan.

Adobe’dan “aqlli” kiyim

Yaqinda bo‘lib o‘tgan taqdimotda kompaniya o‘zining yangi Primrose loyihasini taqdim etdi. Uning yaratuvchisi Kristin Dirk tugmani bosish orqali dizaynini o‘zgartiruvchi qurilmasini shaxsan namoyish qildi. Sehrga o‘xshaydi, ammo bularning barchasi taraqqiyot mevasi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Athos sport formasi

Athos formasi nafaqat ajoyib ko‘rinishga yordam beradi, balki mashqlarni to‘g‘ri bajarishingizga ishonch hosil qiladi. Gap shundaki, dastur orqali mashg‘ulotda qaysi mushak guruhlari ishtirok etishini bilish va nimadir noto‘g‘ri bo‘lsa, texnikani tuzatish mumkin. Bu qulayliklarning barchasi shikastlanmaslik uchun.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

ShiftWear krossovkalari

Sizningcha, dunyoda hamma narsaga mos keladigan poyabzal bormi? Albatta bor, ShiftWear ishlab chiquvchilari ajoyib g‘oyani o‘ylab topishdi. Ular krossovkalarning yon tomoniga displey o‘rnatib, uni har qanday ko‘rinish uchun universal qilishdi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Owlet‘dan chaqaloqlar uchun “aqlli” paypoq

Aytgancha, hayotning birinchi kunlaridanoq ilg‘or dunyoning bir qismiga aylanish mumkin. Bu qurilma nafaqat chaqaloqning, balki ota-onalarning ham hayotini sezilarli darajada yengillashtiradi. Ushbu paypoqni ilovaga ulab, uning uyqu sifati, harorati va boshqa muhim ko‘rsatkichlarni kuzatish mumkin.

Foto: Europa Plus

Wearable X dan “aqlli” ishton

Yana bir sport qurilmasi. Albatta, u murabbiy o‘rnini bosolmaydi, lekin texnikani biroz yaxshilashga yordam beradi. Yogada har bir egilish muhimligini bilasizmi? Havaskor sportchi har doim o‘zi uchun ma‘lum bir poza to‘g‘ri bajarilganligini aniqlay olmaydi. Ammo ilovaga ulangan ishtonlar buni osongina aniqlab bera oladi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Blacksocks paypoqlari

Aytgancha, kattalar uchun ham shunga o‘xshash narsa bor. To‘g‘ri, bu qurilma biroz boshqacha maqsadlarga xizmat qiladi. Misol uchun, u har bir paypoq necha marta yuvilganini kuzatib boradi va turli xil paypoqlarning almashib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ilova yordamida paypoqlarning bir-biriga mos kelishini aniqlash mumkin.

Foto: Europa Plus

Nike’dan o‘zi bog‘lanadigan krossovka

Bu odatda har bir insonning orzus hisoblanadi. Axir krossovkangiz allaqachon bog‘lab qo‘yilgan bo‘lsa, vaqtingiz ham tejaladi. Mazkur qurilma o‘z ishini ko‘ngildagidek bajaradi.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »