Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Sevgi iztirobi” qahramonlari hozir qayerda ekanliklari, ularni qaysi loyihalarda ko‘rish mumkinligi va eng mashhur turk dramasida ishtirok etgandan keyin hayotlari qanday o‘zgargani haqida ma’lumot beramiz.

Burak O‘zchivit va Neslihan Atagul o‘rtasidagi ziddiyat

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ekrandagi sevgi hikoyasiga qaramay, haqiqiy hayotda Burak O‘zchivit va Neslihan Atagul til topisha olmagan. Avvaliga hammasi yaxshi edi: ular obrazlarini a’lo darajada ijro etishadi va do‘stona muloqot qilishadi. Ammo ularning sevgan insonlari voqeaga aralashgan zahoti serial deyarli tugatiladi. Birinchi mavsumni suratga olish paytida muxlislar ekrandagi juftlik haqiqiy bo‘lishini orzu qilishgandi. Turk jurnalistlari mavjud bo‘lmagan ishqiy munosabatlarni isbotlash uchun yolg‘on mish-mish tarqatganiga ajablanmasa ham bo‘ladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Natijada mish-mishlar yulduzlarning suyuklilari suratga olish jarayonlarida ishtirok etishiga olib keladi. Natijada suratga olish maydonchasiga birinchi bo‘lib Neslihanning yigiti Kadir Do‘g‘ulu keladi. U bo‘sa sahnasi suratga olinayotganda o‘sha yerda bo‘lgan, bu kadr unga juda ehtirosli va uzoq tuyuladi. Erkak sevgilisi bilan uzoq vaqt suhbatlashadi, keyin bosh qahramonlarning birgalikdagi sahnalari sonini kamaytirish talabi bilan rejissor va ssenariy mualliflariga murojaat qiladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Balki Kadirning bu harakatlarini e’tiborsiz qoldirish mumkin edi, lekin Faxriye Evjen Burak O‘zchivit va Neslihan Atagulni nazorat qilish harakatlariga qo‘shiladi. Burak O‘zchivitning sevgilisi ham suratga olish maydoniga kelib, o‘zini kimligini ko‘rsatib qo‘yishni unutmaydi, keyin esa bechora aktrisaga issiq qahva sepib yuboradi. O‘shanda muxlislar jamoasi ikkiga bo‘lingandi: kimdir Burakni, boshqalari Neslihanni qo‘llab-quvvatlaydi.

Burak O‘zchivit

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Hozir Burak O‘zchivit Fahriye Evjen bilan baxtli turmush qurgan va ikki o‘g‘li bor. Uning hayotida boshqa bunday romantik loyihalar bo‘lmadi, aktyor ko‘pincha tarixiy serial yoki jangovar filmlarda suratga tushadi. Ehtimol, xotini Fahriye Evjen bilan shunga kelishgandir.

Neslihan Atagul

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Neslihan ham 2016-yilda turmushga chiqqan. Ko‘pchilik qizning tom ma’noda qullikda yashayotganiga, uning turmush o‘rtog‘i Kadir Do‘g‘ulu esa sekta a’zosi ekanligiga ishonadi. Bu haqdagi yangilik internetda Kadirning xiyonat ustida qo‘lga tushganida tarqalgandi. O‘shanda Neslihan turmush o‘rtog‘ini himoya qilib, bularning barchasi taxmin ekanligini aytadi. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan fotosuratlarda buning aksi tasvirlangandi. Er-xotinning farzandlari yo‘q, garchi ular anchadan beri birga yashayotgan bo‘lsa ham, bu ham muxlislarni shubhaga soladi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Aktrisaning karyerasida boshqa mashhur loyihalar yo‘q. Muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin bo‘lgan “Elchining qizi” seriali ham kasallik tufayli suratga olish o‘rtasida yulduz tomonidan qoldirilgan. Shundan so‘ng u eri bilan birga “Tun so‘ngida” filmini suratga olishga harakat qildi, ammo film tomoshabinlar e’tiborini tortolmadi. Bo‘sh vaqtlarida er-xotin sayohat qiladi va sayohat davomidagi baxtli kadrlarni e’lon qilishadi.

Kaan Urganjio‘g‘lu

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Ammo asosiy antagonist Emir rolini o‘ynagan aktyorning karyerasi yuqoriga ko‘tarildi. Uning “Hukm” serialidagi roli butun faoliyatidagi eng e’tiborga sazovor bo‘lgan film bo‘ldi. Turkiyalik kelishgan yigit 2017-yil fotograf Zeynep O‘ymak bilan turmush qurgan. Kaan ham ota bo‘ldi, uning shirin qizchasi bilan suratlari ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez paydo bo‘ladi. Shuningdek, u Gay Richining “Fortuna operatsiyasi: G‘olib bo‘lish san’ati” filmida rol o‘ynagan.

Melisa Asli Pamuk

Foto: Ijtimoiy tarmoq

“Sevgi iztirobi”da asosiy rollardan birini o‘ynagan yana bir qahramon bor. Gap millioner Emirning singlisi va Kamolning sobiq rafiqasi — Asu haqida ketmoqda. Nima to‘g‘riyu nima noto‘g‘ri ekanligini ajratolmay qolgan sohibjamolni “Turkiya go‘zali—2011” Melisa Asli Pamuk o‘ynagan. Hozir qiz 32 yoshda, ammo turmush qurishga shoshilmayapti.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

U Angliya va AQSHni zabt etmoqchi. Melisa boshqa mamlakatlar filmlarida rol o‘ynash uchun barcha imkoniyatlarga ega, u nafaqat chiroyli va iste’dodli, balki ingliz, nemis, norveg va fransuz tillarini ham yaxshi biladi. Uning aktrisalik mahoratini “To‘qnashuv” (2018–2019) va “Yangi hayot” (2020) loyihalarida ko‘rish mumkin.

Hazal Filiz Kuchukko‘se

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Agar epizodik qahramonlar haqida gap ketsa, Kamolning singlisi va Emirning ikkinchi xotini Zeynepni esga olish kerak. “Sevgi iztirobi” serialidagi bu qahramon ham ko‘plab tomoshabinlarning yodida qoldi. Roldan keyin Xazal misli ko‘rilmagan mashhurlikka erishdi, bu, albatta, uning karyerasiga foyda keltirdi.

Foto: Ijtimoiy tarmoq

Qiz turmushga chiqqan, lekin 2017-yilda ajrashadi. U ko‘pincha egizak singlisi va oilasi bilan vaqt o‘tkazadi. Aktrisa “Sevgi iztirobi”dan tashqari “Qahraton” (2020), “Pari ertagi” (2022) va “O‘gay ona” (2023) seriallarida ham rol o‘ynagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »