Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bu yil “Narniya yilnomalari” filmi o‘zining “balog‘at yoshi”ni nishonlaydi — kartina 18 yoshga to‘ldi. Shu vaqt ichida tomoshabinlar sehrli voqealar ichida yashadi, shu bilan birga film qahramonlarini ham unutishmadi.

Uilyam Mousli (Piter)

Foto: Lisa.ru

Suratga olish paytida aktyor 18 yoshda edi, hozir u 36 yoshda. Shunisi e’tiborga loyiqki, Mousli 1998-yildayoq “Sidr va Roza” filmida kichik rol o‘ynagan. Shundan keyin “Ko‘rishguncha, janob Chips” va “Narniya”da ishtirok etadi. Uilyam o‘zining jasur qahramonini keyingi qismlarda ham o‘ynaydi: “Narniya yilnomalari: Shahzoda Kaspian” (2008) va “Narniya yilnomalari: Tongni zabt etuvchi” (2010).

Foto: Lisa.ru

Yulduz 2010-yildan hozirgi kungacha 18 ta filmda, jumladan, “Do‘stlik so‘rovi” qo‘rqinchli filmida, “Suv parisi ertagi” va “Artemis Faul” sarguzasht filmlarida hamda “Quzg‘un” mistik hikoyasida suratga tushgan.

Foto: Lisa.ru

Aktyorning shaxsiy hayotiga kelsak, u oila qurishga shoshilmayapti. Mousli bolalikdagi do‘sti, qo‘shiqchi va aktrisa Kelsi Chou bilan o‘n yildan beri uchrashadi, biroq hozircha unga turmush qurishni taklif qilish niyatida emas.

Anna Poppluel (Syuzan)

Foto: Lisa.ru

Hozir Anna Poppluell 34 yoshda, filmda suratga tushganda esa 16 yoshda edi. Uchala qismda ham Syuzan Pevensi rol o‘ynagan, lekin har bir filmda ekran vaqti qisqarib boradi. Buning sababi shundaki, 2007-yilda Anna Oksford universitetining ingliz adabiyoti fakultetida o‘qigan, shuning uchun uning suratga tushish uchun vaqti bo‘lmagan.

Agar qizning aktrisalik karyerasini Mousli bilan solishtiradigan bo‘lsak, u filmlar soni bo‘yicha undan ortda, ammo baribir bu faoliyatdan voz kechmaydi. Misol uchun, so‘nggi bir necha yil ichida uning ishtirokida “Galereya”, “Ertak”, “Rohibaning la‘nati 2” filmlari va “Qirollik” serialida suratga tushdi. Ayni paytda aktrisa teatrlashtirilgan spektakllar uchun o‘zi ssenariy yozadi.

Foto: Lisa.ru

2016-yildan beri u teatr xodimi Sem Kredga turmushga chiqadi, aktrisa 2021-yilda birinchi farzandini dunyoga keltiradi. Shundan keyin Anna o‘zini oilasiga bag‘ishlashga qaror qiladi.

Qiziqarli fakt: Poppluell “Garri Potter” filmidagi Germiona Grenjer roliga sinovdan o‘tgan, ammo rejissorlar a‘lochi talaba rolini Emma Uotsonga berishga qaror qilishadi.

Aleksandr Keyns (Edmund)

Foto: Lisa.ru

Aleksandr filmda Pevensining ikkinchi ukasi rolini o‘ynaydi. Aynan u Oq jodugarning sehriga berilib, keyinchalik afsuslanadi. Film suratga olish vaqtida Keyns 14 yoshda edi va yaqinda o‘zining 32 yoshini nishonladi.

Ushbu loyihada ishlashdan oldin Keyns “Viktoriya 1901-yilda vafot etgan, ammo haliyam tirik” va “Ferrari” kabi filmlarda ishtirok etgan va filmning so‘nggi qismi chiqqandan so‘ng, yulduz aktyorlikni tashlab, “ko‘proq narsa” qilishga jiddiy qaror qiladi.

Shunday qilib, 2014-yilda Aleksandr universitetni tamomlaydi (sharqshunoslik va arab tilini o‘rganadi), keyin Buyuk Britaniyada parlament a‘zosi Krispin Blantning maslahatchisi bo‘ladi.

Foto: Lisa.ru

Qiziqarli fakt: 2000 yildan 2005-yilgacha Keyns “Garri Potter” yulduzi Deniel Redkliff bilan Londondagi xususiy o‘g‘il bolalar maktabida o‘qigan.

Jorjina Xenli (Lyusi)

Foto: Lisa.ru

Jorjina Pevensilar oilasida eng kichigi, shkaf orqasida yashiringan sehrli yer haqida birinchi bo‘lib bilib qolgan Lyusi ismli qizni o‘ynaydi.

Suratga olish paytida Xenli atigi 10 yoshda edi, ammo hozir u 28 yoshda. Aynan “Narniya yilnomalari” qizning filmdagi debyutiga aylandi, shundan so‘ng u boshqa loyihalarda rol o‘ynashni davom ettiradi. Misol uchun, 2006-yilda u “Jeyn Eyr” dramasida kichkina Jeyn rolini o‘ynaydi. 2019yilda “Ispan malikasi” serialida ingliz malikasi Margaret Tyudor rolini o‘ynaydi.

Foto: Lisa.ru

Aktrisa Kembrij universitetida ham tahsil olgan va o‘sha paytda unga nekrotizan fatsiit (teri ostidagi yumshoq to‘qimalarning yo‘q bo‘lishi bilan xarakterlanadigan noyob kasallik) tashxisi qo‘yilgandi Davolanishdan atigi bir necha yil o‘tgach, Henli bu haqda gapirishga qaror qiladi, chunki u chandiqlarini yashirishdan charchaydi:

“O‘n sakkiz yoshimda nekrotizan fatsiit bilan kasallanganman, bu kamdan-kam uchraydigan va xavfli infeksiya bo‘lib, butun vujudimni vayron qildi. Chap qo‘lim va bilagimni amputatsiya qilishning oldini olish uchun dahshatli invaziv jarrohlik amaliyotini o‘tkazdim va keyin keng qamrovli rekonstruktiv jarrohlik amaliyotini qildirdim, bu esa meni teri transplantatsiyasi va chandiqlar bilan abadiy qoldirdi.

Lekin shuni aytmoqchimanki, endi men chandiqlarimdan uyalmayman, ular mening tanam boshidan kechirgan og‘riqlar xaritasi. Eng muhimi, chandiqlar menga tirik qolganimni eslatadi. Ular aktrisalik qobiliyatimga umuman ta’sir qilmaydi”.

Hozirda Jorjina aktrisalik mahoratini rivojlantirmoqda, teatrda o‘ynayapti va reklama kampaniyalarida rol o‘ynamoqda.

Foto: Lisa.ru

Qiziqarli fakt: “Narniya yilnomalari”ning birinchi qismi oxirida katta yoshli Lyusining opasi Reychelni o‘ynagan.

Aytish joizki, film ekranlarga chiqqanidan beri aktyorlar samimiy do‘stona munosabatda bo‘lib, ko‘pincha bir guruh bo‘lib uchrashib, hayotlarida sodir bo‘lgan voqealarni muhokama qilishadi.

Foto: Lisa.ru

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »