Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ko‘plab aktyorlar “Oskar”ga munosib ko‘rishlarini orzu qiladi. Biroq oddiy kino ixlosmandlari va kino tanqidchilari uchun mukofot g‘olibi qanday mezonlar bo‘yicha tanlanishi noma’lum. Masalan, “Titanik” filmida asosiy rolni olgan Leonardo Di Kaprio mazkur roli uchun “Oskar” olmagan va ko‘pchilik bu qarordan norozi bo‘lgan. Bugun bir necha daqiqa kamera qarshisida ko‘rinib, nufuzli mukofot sovrindori bo‘lishga muvaffaq bo‘lgan aktyorlar haqida ma’lumot beramiz.

Entoni Xopkins

Foto: Filmdan kadr

Bu aktyor turli janrdagi filmlarda rol o‘ynagan, ammo unga mukofot qo‘rqinchli filmidagi roli uchun beriladi — 1991-yilda “Qo‘zilar sukunati” filmi uning eng muvaffaqiyatli loyihalaridan biri hisoblanadi.

Ta’kidlash joizki, Tomas Xarrisning qotil Gannibal Lekter haqidagi shu nomli romani asosida yaratilgan ushbu film bir vaqtning o‘zida beshta nominatsiyada g‘olib chiqqan uchta filmdan biriga aylanadi: “Eng yaxshi film”, “Eng yaxshi rejissor”, “Eng yaxshi ssenariy”, “Eng yaxshi ayol roli” va “Eng yaxshi erkak roli”.

Aytgancha, Entoni filmda atigi 16 daqiqa ko‘rinadi xolos, ammo bu uning ko‘plab tomoshabin va rejissorlarning sevimlisiga aylanishiga to‘sqinlik qilmagan.

Jared Letto

Foto: Filmdan kadr

2014-yilda “Dallas xaridorlari klubi” filmi chiqadi, unda Jared kichik rol — OIVga chalingan qahramonni o‘ynaydi.

“Menimcha, boshqa aktyorlar Rayonni ayollar kiyimlarini kiyishni yaxshi ko‘radigan giyohvand moddalar malikasi sifatida tasvirlashlari mumkin edi. Ammo bu men uchun ekranda butunlay boshqacha obrazni tasvirlash imkoniyati bo‘ldi. Siz instinktlaringizga va yuragingizga ergashasiz va odamlarni qoyil qoldirish uchun qo‘lingizdan kelganini qilasiz. Va men bu qahramonni ishonarli tarzda o‘ynashga harakat qildim. Albatta, siz hammaga ham birdek yoqa olmaysiz, lekin bunga harakat qilish mumkin”, — deydi Letto.

Aktyor kadrda bor-yo‘g‘i 21 daqiqa bo‘lganiga qaramay (butun filmning taxminan 19 foizi), tomoshabinlarga uning ijrosi yoqadi, chunki u personajning ruhiy holatini butun qalbi bilan yetkaza oladi.

Tilda Suinton

Foto: Filmdan kadr

Bu aktrisani “Narniya yilnomalari”, “Uch ming tilak”, “Juliya”, “Hukm” va boshqa filmlarda g‘ayrioddiy qiyofada ko‘rish mumkin. U ko‘p marta eng yaxshi ayol rollari uchun kino mukofotlarga sazovor bo‘lgan, ammo Tilda faqat bir marta “Oskar” oladi.

2008-yilda “Maykl Kleyton” trilleri suratga olinganidan keyin quvonchli voqea yuz beradi. Unda Tilda advokat sifatida ishlayotgan, muammolarni hal qilish uchun hamma narsaga tayyor bo‘lgan yovuz ayol Karen Krouderni tasvirlagan.

Suinton filmda bor-yo‘g‘i 18 daqiqa o‘ynaydi va shu roli sabab “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ladi.

Enn Xeteuey

Foto: Filmdan kadr

Enn nafaqat boshqa filmlarda, balki Viktor Gyugoning romani asosida suratga olingan “Xo‘rlanganlar” dramatik musiqiy filmida ham suratga tushgani tufayli dunyo miqyosida shuhrat qozonadi.

Filmdagi 15 daqiqalik obrazida aktrisa tomoshabin eslab qolish uchun hamma narsani qiladi. Masalan, Fantina obrazini tasvirlash uchun Enn 11 kiloga ozadi, sochini deyarli oldiradi va fohishalarning dahshatli hikoyalarini o‘rganadi, bu uning ruhiy holatiga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazadi. Natijada Xeteuey epizodik rol uchun “Oskar”ga loyiq ko‘riladi.

Penelopa Kruz

Foto: Filmdan kadr

Vudi Allenning 2008-yilda suratga olingan “Vikki Kristina Barselona” filmida Penelopa ispaniyalik rassomning sobiq rafiqasi Mariya Elena rolini o‘ynagan. Ammo asosiy rollarni Skarlett Yoxansson va Rebekka Xoll ijro etgan, ammo Kruz filmning asosiy qahramonlaridan ham o‘zib ketgan.

Kino tanqidchilarining fikriga ko‘ra, Vudi Allenning ko‘plab asarlari tezda unutiladi, ammo “Vikki Kristina Barselona” Penelopa tufayli kino olamida yorqin iz qoldirgan.

Aktrisa atigi 15 daqiqa davomida kadrda bo‘ladi, buning natijasida u “Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa” nominatsiyasida “Oskar” oladi. Boshqa nufuzli mukofotlar — “Oltin globus” va BAFTA ham uni ushbu nominatsiyada g‘olibga aylantiradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »