Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shohrux Xon Bollivudning eng mashhur yulduzi hisoblanadi. U nafaqat vatanida, balki butun dunyoda mashhur. Biroq uning karyerasidagi ko'plab filmlar kassada omadsizlikka uchragan. Shohrux Xonning muvaffaqiyatsiz filmlari haqida ko‘pchilik bilmaydi, lekin afsuski, ular bor.

“Nol”

Foto: Filmdan kadr

2018-yilda ekranlarga chiqqan film rejissori Anand L.Ray edi. Mazkur film Shohruhxonning eng omadsiz filmi bo'lib chiqadi. Filmda nikoh agentligida o‘z sevgisini topishga urinayotgan mitti odam haqida hikoya qilinadi. U NASA olimasi bilan tanishadi va uni sevib qoladi. Biroq to'y oqshomida u raqs tanlovida g'olib chiqish uchun qochib ketadi, keyinchalik mashhur aktrisa bilan tanishadi. Katrina va Shohruxning aktyorlik mahorati yuqori baholandi, ammo film o‘z g‘oyasini to‘g‘ri yetkaza olmagan. Umuman olganda, film omadsiz chiqadi.

“Jumboq”

Foto: Filmdan kadr

Film 2005-yilda chiqqan bo'lib, u 1973-yilgi hind filmi “Shubha”ning remeyki sifatida suratga olinadi. Film turmush qurgan ayolni sevib qolgan ruh haqida. Ayolning eri to'rt yilga ishi bo‘yicha safarga ketganida, ruh erining qiyofasiga kirib oladi. U erkakning oilasi bilan yashaydi, ularning ko‘nglini oladi. Keyinchalik uni aldab, shishaga solib qo'yishadi. Film tanqidchilardan turli xil baholar oladi. Kartina birinchi navbatda xiyonatkor xotin obrazi uchun tanqid qilingan. “Jumboq” filmi kassada ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

“Vasiy”

Foto: Filmdan kadr

Film 2001-yilda ekranlarga chiqqan. Film maxsus kuchlar zobitlari bo'lgan ikki qadrdon do'st haqida hikoya qiladi. Javed (Jeki Shroff) o'ldiriladi, do‘sti Arun (Shohrux Xon) uning bolalarini asrab oladi. Politsiya qotillikda gumonlanuvchi topilmaguncha, fojia sirlari kutilmagan burilishlarni oladi. Film sujeti va personajlari uchun qattiq tanqidga uchraydi.

“Uyga qaytish”

Foto: Filmdan kadr

Film AQSHda ishlayotgan muvaffaqiyatli odam haqida. Ota-onasi baxtsiz hodisada vafot etganidan keyin u Hindistonga qaytadi. Qishloqqa kelganida aholining qashshoqlik va muammolarga duch kelganini ko'radi. Film aktyorlar tarkibi va ijrosi uchun turli baholarga ega bo‘ladi. Afsuski, kassada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

“Imperator”

Foto: Filmdan kadr

2001-yilda chiqqan filmda imperator Ashokaning ilk hayoti va qasos olish yo‘lida olib borgan shafqatsiz janglari haqida hikoya qiladi. Sayohatida vaqtida halokatga uchragach, nihoyat buddizmni qabul qiladi. Garchi film tomoshabinlar va tanqidchilar tomonidan ijobiy baholangan bo‘lsa-da, film kassadagi muvaffaqiyatsiz kartina sifatida baholanadi.

“Garri Sejalni uchratganida”

Foto: Filmdan kadr

2017-yilda prokatga chiqqan bu film nikoh uzugini izlayotgan qizni sevib qolgan gid yigit Garri (Shohrux Xon) haqida hikoya qiladi. Qizning unashtirilganiga qaramay, u yigitni sevib qoladi. Film rasvo sujeti va qahramonlari uchun tanqid qilinadi. Shohruhxon ijrosi tomoshabinlar tomonidan qoniqarsiz deb topiladi. Film muxlislarning hafsalasini pir qiladi va kassada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »