Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oxirgi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ota-onalarning 50 foizdan ortig‘i farzandlariga har kuni smartfon beradi va gadjetdan foydalanish vaqti umuman cheklanmagan. Olimlar va pediatrlarning bu borada o‘z fikri bor. Ushbu maqolada farzandingizga necha yoshda smartfon berish mumkinligi haqida ma’lumot beramiz.

Foto: Getty Images

Smartfonga necha yoshdan ruxsat beriladi?

Ko‘plab ota-onalar farzandlariga deyarli tug‘ilgandayoq gadjet berishadi. Misol uchun, bolaga bo‘tqa yedirayotganda telefonda multfilm qo‘yib berishadi yoki ishlarini qilib olish uchun unga oddiy o‘yinlarni o‘ynashga ruxsat berishadi.

Ba’zida bu juda yosh, zaif organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Pediatrlar 3 yoshgacha bo‘lgan bolalarga smartfonlardan foydalanishga ruxsat bermaslikni tavsiya qiladi. Buning o‘ziga yarasha sabablari bor:

  1. Hayotning dastlabki 3 yilda bola ota-ona va atrofdagi haqiqat bilan hissiy munosabatlar jarayonida shakllanadigan asosiy ko‘nikmalarni o‘rganadi. Yorqin rasmlarni doimiy ravishda ko‘rish va jonli muloqotning yo‘qligi vizual va nutq apparatlari faoliyatini buzadi.
  2. 3-7 yoshdan boshlab bolalarda intellektual va ijodiy qobiliyatlar faol rivojlanadi. Masalan, bolalar hisoblash, chizish, raqsga tushish, muloqot qilish va hokazolarni o‘rganadi. Smartfonlardan ortiqcha foydalanish bu jarayonlarni sekinlashtirishi mumkin. Bolaning harakati sust va odamovi bo‘lib qoladi.
  3. Maktab yoshida esa darsliklarni o‘zlashtirishda qiyinchiliklar paydo bo‘lishi mumkin. Erta yoshdan boshlab gadjetlardan foydalangan bolalar “klipli fikrlash” bilan ajralib turadi, ya’ni yorqin rasmlari bo‘lmagan katta hajmdagi matnni tushuna olishmaydi. Shunday qilib, bolaning xotirasi ma’lumotni parcha-parcha sifatida qabul qiladi.
  4. O‘smirlik davrida ijtimoiylashuv muammosi paydo bo‘ladi.
Foto: Getty Images

Yaqinlar bilan muloqot qilish zarurati sezilarli darajada kamayadi. Bola va ota-ona o‘rtasidagi hissiy bog‘liqlik o‘rnini begonalik va yolg‘izlik egallaydi. Endi u ma’lumotga bo‘lgan ehtiyojini internet yordamida qondirishi mumkin, internet ba’zi masalalarda ota-onadan ko‘ra bilimdon bo‘lib chiqadi.

Bunday holda ota-onalarning vazifasi — bolasi bilan uni bezovta qilayotgan narsa haqida iloji boricha tez-tez gaplashishdir. Agar ota-ona biror bir savolga javob bera olmasa, yolg‘on gapirishning hojati yo‘q, eng yaxshi yo‘l ma’lumotni internetdan birgalikda qidirishdir. Shu yo‘l bilan ham farzandingiz bilan gaplashasiz, ham gadjetdan qanday qilib to‘g‘ri va xavfsiz foydalanishni o‘rgatasiz.

Foto: Getty Images

Shuningdek, bolangizning sevimli mashg‘ulotlariga ko‘proq qiziqish bildiring. U bundan xursand bo‘ladi. Farzand va ota-ona o‘rtasidagi jonli muloqot internetda o‘tirishdan ko‘ra yaxshiroq. Agar farzandingiz o‘smirlik davrida smartfonsiz yashay olmasa, uni ham to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish mumkin — masalan, uni dasturlash, veb-dizayn yoki blogerlik kurslariga yuboring.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »