Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning turmushi hamjihatlik va baxt namunasidir. Mashhur aktyorlar qanday tanishdi va oila qurishdi? Ularning sevgi hikoyasi ko‘plab qiziqarli daqiqalarni o‘z ichiga oladi.

O‘zaro munosabatlarning boshlanishi, rivojlanishi va to‘y

Foto: Instagram

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen qayerda uchrashgan? Ular birinchi marta suratga olish maydonchasida tanishishadi. Serial suratga olinishida bosh qahramonlar sifatida ishtirok etishgan, serialda oshiqlar obrazini yaratishgani uchun birga ko‘p vaqt o‘tkazishgan.

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen qaysi filmda birga rol o‘ynagan? Juftlik ikkita filmda birga suratga tushgan. Ularning birgalikdagi debyuti “Choliqushi” melodramasida bo‘ladi (2013–2014). Kamron rolini Burak, xushchaqchaqligi uchun choliqushi deb atalgan Feride rolini Fahriye ijro etadi.

Foto: Instagram

“Choliqushi” (2013–2014) serialining birinchi epizodlari chiqqandan so‘ng, matbuotda real hayotda ham bosh qahramonlarning ishqiy munosabatlari haqida mish-mishlar tarqaladi. Ular tanishgan paytda Burak O‘zchivit turkiyalik model va teleboshlovchi Jeylan Chapa bilan unashtirilgan edi. Fahriye Evjen esa O‘zjan Deniz (“Istanbullik kelin”) bilan bo‘lgan munosabatlariga nuqta qo‘yayotgandi. Aktyorlarning ikkisi ham yangi munosabatlarga tayyor emasdi.

Burak O‘zchivit “Sevgi senga o‘xshaydi” (2015) serialida prodyuser va bosh aktyor sifatida Fahriye Evjenni bosh rolga taklif qiladi. Ularning qayta uchrashuvi birinchi hamkorlikdan bir yil o‘tib bo‘ladi. “Sevgi senga o‘xshaydi” (2015) serialini suratga olish paytida Burak O‘zchivitning Jeylan Chapa bilan munosabatlari yaxshi emasdi. Jeylan Burakni ekrandagi partnyoridan rashk qiladi, natijada ular ajralishadi. Burak va Fahriyening sevgisiga endi hech qanday to‘siq yo‘q edi, shundan so‘ng ularni suratga olish maydonchasidan tashqarida ham tez-tez birga ko‘rishadi.

Foto: Instagram

Burak va Fahriye qachon turmush qurishgan? Sevishganlar 2017-yilning iyun oyida Istanbulda turmush qurgan. Marosim Said Halim Poshoning Bosfor sohilida joylashgan tarixiy villasida bo‘lib o‘tadi.

Bu faqat 500 nafar mehmon taklif qilingan yopiq to‘y edi. Turkish Celebrity News xabariga ko‘ra, to‘yida uch marta libos almashtirgan kelin baxtli kuyovning yonida porlab turardi. Yangi turmush qurganlar qo‘shiqchi Migel ijrosidagi Crazy in love qo‘shig‘iga raqs tushishadi. Maldiv orollariga asal oyi sayohati va dam olish uchun ijaraga olingan yaxta tadbirning yoqimli yakuni bo‘ladi.

Burak O‘zchivit va Fahriye Evjenning nechta farzandi bor? Yulduzli juftlikning ikki o‘g‘li bor. 2019-yilda katta o‘g‘li Karan tug‘ildi. 2023-yilda kichik o‘g‘li dunyoga keldi. Ground News xabariga ko‘ra, chaqaloq Istanbuldagi xususiy klinikalardan birida tug‘ilgan. Unga Kerem deb ism qo‘yilgan.

Juftlikning katta o‘g‘li yaqinda 4 yoshga to‘ldi. Shu munosabat bilan ota-onasi tug‘ilgan kunda bolani xursand qilish uchun maxsus tort va ko‘plab sharlar buyurtma qilishdi. Baxtli ota muhim kunning bir qator fotosuratlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Instagram

Birinchi farzandi tug‘ilgandan so‘ng, enagalari bo‘lsa ham, aktrisa farzandiga alohida e’tibor qaratdi. Bu paytda u faqat reklama roliklarida suratga tushdi, to‘rt yillik tanaffusdan so‘nggina kinoga qaytdi: aktrisa “Alp Arslon: Buyuk Saljuqiylar” serialida bosh rolni o‘ynadi. Loyiha muvaffaqiyatli chiqdi va tarixiy serialdagi Akcha xotun obrazi tomoshabinlar xotirasida qoldi. Serial aktrisaning bir necha yillardan beri ekranlarga qaytishini kutgan muxlislari o‘rtasidagi noroziliklarga chek qo‘ydi.

Aktrisa ikkinchi mavsumda o‘ynay olmadi, chunki birinchi mavsumning finalidan uch hafta o‘tgach, uning ikkinchi farzandiga homiladorligi ma’lum bo‘ldi. Burak O‘zchivitning o‘zi xushxabar haqida ma’lum qilib, Instagram sahifasida homilador xotinining suratini bo‘lishgan.

Er-xotinning ta’kidlashicha, bir-birlari bilan munosabatlarda ular haqiqiy sevgi va haqiqiy baxtni topishgan. Ular bir-birlariga bo‘lgan his-tuyg‘ularini tan olishdan, oilaviy fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilishdan to‘xtamaydi. Yaqinda aktyor xotinini tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi. Us.Firenews nashri uni “orzudagi erkak” deb atadi, chunki aktyor rafiqasiga Barbi uslubidagi ziyofat uyushtirgan.

Foto: Instagram

Yozning oxirida yulduzli oila sohilda dam olib, yaxtada sayr qilishdi. To‘ng‘ich o‘g‘lining turli xil suzish kiyimlari va yoqimli suratlarini namoyish etgan aktrisa qayiqda sayohat va ajoyib ob-havodan zavq oldi. Oila boshlig‘i ham o‘z profiliga ta’tilda tushgan suratlarni joylashtirgan. Yeni Safak nashrining yozishicha, u rafiqasining o‘zi uchun moda liboslarini tanlash qobiliyati bilan o‘rtoqlashgan.

Aktyorlar Burak O‘zchivit va Fahriye Evjen suratga olish maydonchasidagi uchrashuv tufayli bir-birlarini topishdi. Ular umr yo‘ldosh, ikki o‘g‘ilning ota-onasi bo‘lishdi. Er-xotin sinovlardan munosib o‘tdi, bir-biriga his-tuyg‘ularini, hurmatini va ishonchini saqlab qoldi. Ularning sevgi hikoyasi hali ham davom etmoqda.

Foto: Instagram

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »