Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Quyida Gollivud aktyor va aktrisalarining obrazlari filmdan filmga qanday o‘zgarganini kuzatish mumkin.

Rodrigo Santoro

Foto: AdMe

“Nafis og‘u” teleserialida aktyor kelishgan yigit Eliseu rolini o‘ynaydi. Keyinchalik u “Chin muhabbat” filmida Karl rolini ijro etadi. 2006-yilda Santoroni “300” filmida Fors qiroli Kserks rolida ko‘rish mumkin.

Zoi Saldana

Foto: AdMe

2008-yilda Zoi Saldana “Nishon markazida” filmida televideniye muxbiri rolini o‘ynaydi va 5 yildan keyin u “Jahannam qahramoni” filmida irodali qiz Lena Teylor rolini ijro etadi. 2014-yilda “Galaktika qo‘riqchilari”da u g‘ayritabiiy kuchlar egasi Gamora sifatida qayta tug‘iladi. “Avatar: Suv yo‘li” filmida u Neytirining ajoyib qahramoniga aylanadi.

Anya Teylor-Joy

Foto: AdMe

2015-yilda Anya Teylor Joy “Atlantis” serialida juda g‘ayrioddiy obrazda chiqadi. “Emma” filmida u bosh qahramon Emma Vudxausga, “Qirolichaning yurishi” serialida esa iste’dodli shaxmatchi Bet Harmonga aylanadi. 2022-yilda u “Amsterdam” filmida beqiyos Libi Vouz rolida paydo bo‘ladi.

Tomas Sangster

Foto: AdMe

2011-yilda “Superqahramonning o‘limi” filmi chiqadi, unda Tomas Sangster og‘ir kasallikka chalingan bola Donald rolini o‘ynaydi. Shu bilan birga, “Albatros” filmida oddiy bola Mark rolini o‘ynaydi. 2020-yilda “Qirolichaning yurishi” seriali chiqadi, unda Sangster dunyoga mashhur shaxmatchi Benni Uotts qiyofasida paydo bo‘ladi.

Xelena Bonem Karter

Foto: AdMe

Xelenani haqiqiy transformatsiya ustasi deb atash mumkin. “Katta baliq” filmida u qari jodugar timsolida paydo bo‘ladi. “Tost” filmida esa unga ovqat pishirishni bilmaydigan Potter xonim roli ishonib topshirilgan. “Alisa ko‘zguorti mamlakatida” filmida aktrisa Qizil qirolicha sifatida qayta tug‘iladi. “55 qadam” filmida u o‘z huquqlari uchun kurashgan Eleanora Rayz rolini o‘ynaydi.

Meril Strip

Foto: AdMe

“O‘rmondan yiroqda” filmida Meril Strip yovuz jodugarni, “Kichik ayollar”da u qahramonning xushmuomala xolasini, “Tepaga qarama” filmida beparvo prezident rolini o‘ynaydi. Bu ayol, albatta, har qanday odamga aylanishi mumkin.

Sirsha Ronan

Foto: AdMe

“Xanna” filmida Sirsha jasur qiz Xannaga aylanadi, “Sohilda” filmida — yaqinda turmushga chiqqan Florensiya rolini o‘ynaydi. “Ikki malika” filmida esa aktrisa o‘zini Meri Styuart sifatida ajoyib tarzda reenkarnatsiya qiladi.

Keyt Blanshett

Foto: AdMe

Vudi Allenning “Jasmin” filmida Keyt birdaniga o‘z mavqeyini yo‘qotgan zodagon ayol rolini o‘ynaydi. “Tor: Ragnaryok” filmida aktrisa Hela ma’budasi qiyofasida paydo bo‘ladi. “Kabuslar xiyoboni” filmida esa unga makkor shifokor Lilit Ritter roli ishonib topshirilgan.

Nikol Kidman

Foto: AdMe

“Mulen Ruj” musiqiy filmida Nikol Satin kabaresining yulduziga aylanadi. “Ko‘l tepasi” teleserialida u Juliya ismli ona rolini o‘ynaydi. “Ziyofatlarda qanday gaplashish kerak” filmida u pank guruhi menejeri qiyofasini sinab ko‘rdi. “Varyag” filmida esa u qirolicha Gudrun sifatida qayta tug‘iladi.

Rami Malek

Foto: AdMe

“Muzeydagi tun” filmida Rami Malek qayta tirilgan fir’avn Akmenra sifatida paydo bo‘ladi. 2015-yildan 2019-yilgacha u “Janob robot” serialida sotsiofob dasturchi Elliot rolini o‘ynaydi. 2017-yilda “Kapalak” dramasida moliyaviy firibgar Lui Degas rolini ijro etadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »