Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2023-yil 16-oktabr Walt Disney kompaniyasi tashkil etilganiga 100 yil to‘ldi. Yubiley munosabati bilan afsonaviy studiyaning “Oppog‘oy”dan “Qirol sher”gacha bo‘lgan kult multfilmlarini yodga olamiz.

“Oppog‘oy va yetti gnom” (1937)

Foto: Filmdan kadr

Kompaniyaning asosiy multfilmi Mikki Maus 1920-yillarning oxirida payda bo‘lgan, undan keyin esa Pluton, Gufy va Donald Dak kabi dunyoga mashhur personajlar yaratiladi. Biroq Walt Disneyning birinchi chinakam inqilobiy loyihasi aka-uka Grimmlarning “Oppog‘oy va yetti gnom” ertagi edi. Yosh o‘gay qizining go‘zalligidan hayratga tushgan yovuz malika uni o‘rmonda yo‘q qilishga qaror qiladi. Ammo omon qolgan qiz uning haqiqiy do‘stlariga aylanadigan yettita kulgili gnom bilan uchrashadi.

Disneyning 86 yil oldin chiqqan birinchi badiiy filmi ijodkorlariga “animatsiya sohasidagi innovatsiyalar va ajoyib yutuqlari uchun” “Oskar” mukofotini keltiradi. Keyin Disneyga ramziy sakkizta haykalcha taqdim etiladi — bitta katta (odatiy o‘lchamdagi) va yettita kichik. Bu multfilmdagi bosh qahramonlar soniga ishora va mukofot an’analaridan voz kechishning o‘ziga xos holati edi.

“Bembi” (1942)

Foto: Filmdan kadr

​ Chakalakzor o‘rtasida o‘rmonning yang shahzodasi tug‘iladi — Bembi ismli kiyikcha. U o‘sib-ulg‘aygach, yangi do‘stlar topadi, jumladan, kichkina kiyik Felin, quyon Tap-tap va sassiqko‘zan Gul. Ko‘p o‘tmay, bosh qahramon o‘rmondagi hayot u ilgari o‘ylagandek xavfsiz emasligini tushunadi.

Ikkinchi jahon urushi avjida chiqqan paytda “Bembi” filmi Amerika kinosiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Multfilmda foydalanilgan bir qator elementlarni turli filmlarda topish mumkin, Stiven Spilbergning “Suyaklar” qo‘rqinchli filmidan tortib, Disneyning 1990-yillardagi “Qirol sher” filmigacha.

“Uyqudagi go‘zal” (1959)

Foto: Filmdan kadr

Yosh malika Avrorani yovuz Malefisenta sehrlaydi, lekin uni jodugarning afsunini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lgan uchta mehribon pari o‘limdan qutqaradi. Natijada qiz chuqur uyquga ketadi, uni faqat chinakam mehribon odamning bo‘sasigina uyg‘otishi mumkin.

Walt Disney Charlz Perroning mashhur ertagi asosida multfilm yaratish g‘oyasini ko‘rib chiqadi, ammo uning rejalari Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan to‘xtatiladi, shuning uchun loyiha ancha keyinroq — 1959-yilda amalga oshiriladi. Film dastlab kassada muvaffaqiyatsizlikka uchraydi, ammo keyingi muvaffaqiyatli qayta nashrlar “Uyqudagi go‘zal”ga kult maqomiga erishish imkonini beradi.

“101 dalmatin” (1961)

Foto: Filmdan kadr

“101 dalmatin” multfilmi ingliz yozuvchisi Dodi Smitning 1956-yilda yozilgan shu nomli romani asosida suratga olingan. So‘qqabosh bastakor Rojer Redkliff iti Pongo bilan Londondagi uyda yolg‘iz yashaydi, it egasining shaxsiy hayotini tartibga solishga qaror qiladi. Natijada Rojer Anita ismli qizni sevib qoladi va Pongo o‘zining dalmatin iti Peddi (asl nusxada - Perdita) bilan munosabatlarni boshlaydi. Ularning kuchukchalari tug‘iladi. Ammo Anitaning maktabdagi eski dugonasi Kruella de Vil o‘ziga mo‘ynali kiyim tikish uchun ularni sotib olishni rejalashtirgach, kuchukchalarning hayoti xavf ostida qoladi. “101 dalmatin” Disneyning eng mashhur franshizalaridan biriga aylanadi.

“Suv parisi” (1989)

Foto: Filmdan kadr

Xans Kristian Andersenning shu nomli ertagi asosida suratga olingan multfilm okean tubidagi xayoliy qirollikdagi hayotidan norozi bo‘lgan 16 yoshli suv parisi malika Ariel haqida hikoya qiladi. Inson bo‘lishni orzu qilgan bosh qahramon kema bortida tasodifan ko‘rib qolgan shahzoda Erikni sevib qoladi. Ariel orzusini ro‘yobga chiqarish uchun dengiz jodugari Ursula bilan shartnoma tuzadi, evaziga uning ovozini oladi.

“Suv parisi” ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ladi, jumladan ikkita “Oskar” — “Eng yaxshi musiqa” va “Eng yaxshi qo‘shiq”. Loyihaning aqlbovar qilmaydigan mashhurligi butun bir franshiza yaratilishiga sabab bo‘ladi ,- multfilmga asoslangan video o‘yinlar chiqariladi, musiqali sahnalashtiriladi va Disneylendda mavzuli attraksionlar tashkil etiladi. 2023-yilda Disney mashhur multfilmning film variantini chiqaradi.

“Sohibjamol va maxluq” (1991)

Foto: Filmdan kadr

O‘zining takabburligi va xudbinligi tufayli dahshatli yirtqich hayvonga aylangan yosh shahzoda o‘rmon o‘rtasidagi sehrlangan qasrda odamlardan uzoqda yashashga majbur. Sehrdan qutulish uchun u sevishni va o‘zaro his-tuyg‘ularni qozonishni o‘rganishi kerak. Najot topish imkoniyati Bell ismli go‘zal asir uning uyiga kelib, kasal otasining o‘rnini egallashga rozi bo‘lganda paydo bo‘ladi. Biroq maqtanchoq ovchi Gastonning ham qiz uchun rejalari bor.

“Sohibjamol va maxluq” 1990-yillarda sodir bo‘lgan Disney Uyg‘onish davrining eng yorqin loyihalaridan biriga aylanadi. Multfilm hatto eng yaxshi film nominatsiyasida “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan, biroq “Qo‘zilar sukunati” trilleriga yutqazgan. Shu bilan birga, film boshqa ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ladi. Xususan, eng yaxshi film (komediya yoki musiqiy) nominatsiyasida “Oltin globus”ni qo‘lga kiritgan tarixdagi birinchi animatsion filmga aylanadi.

“Alouddin” (1992)

Foto: Filmdan kadr

“Sohibjamol va maxluq”dan keyin Disney 1992-yilda “1001 kecha” ertaklaridan biri asosida “Alouddin” animatsion filmini chiqardi. Unda Agraba shahridan kelgan xushchaqchaq ko‘cha o‘g‘risi haqida hikoya qilinadi. Do‘stlari — maymun Abu, malika Yasmin va Jin bilan birgalikda u xiyonatkor vazir Jafarni butun dunyo ustidan hokimiyatni qo‘lga kiritishini to‘xtatishi kerak.

Tomoshabinlar va kinotanqidchilardan juda yuqori baho olgan “Alouddin” “Eng yaxshi musiqa” va “Eng yaxshi qo‘shiq” nominatsiyalarida ikkita “Oskar”ni qo‘lga kiritadi. Original filmdan keyin yana ikkita to‘liq metrajli animatsion filmlar, animatsion seriallar, Brodvey musiqiy filmi va 2019-yilda jonli remeyk kabi ko‘plab davomiy filmlar paydo bo‘ladi.

“Qirol sher” (1994)

Foto: Filmdan kadr

Simba ismli yosh sher ulg‘ayib, otasi qudratli Sher Mufasaning vorisi bo‘ladi. Biroq bosh qahramon hokimiyatga intilayotgan amakisi Skarning xiyonatlari qurboni bo‘ladi. Voyaga yetgan va do‘stlar orttirgan Simba boshqa hayvonlarni zulmdan qutqarish va qonuniy qirol bo‘lish uchun o‘z vataniga qaytadi.

Shekspirning “Gamlet” asari asosida suratga olingan “Qirol sher” filmi prokatdan 1 milliard dollarga yaqin daromad olib, tarixdagi eng yuqori daromad keltirgan animatsion filmlardan biriga aylanadi. Multfilm ikkita “Oskar”ni qo‘lga kiritadi, ulardan biri Elton Jon va Xans Zimmer tomonidan yozilgan eng yaxshi original musiqa uchun beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »