Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan turmush darajasi sezilarli darajada o‘zgardi — endi ofisga yoki hatto oziq-ovqat do‘koniga borishimiz shart emas. Shunga qaramay, dunyoni ko‘rish istagi hech qachon yo‘qolmaydi. Yaponiyaning Atmoph Inc kompaniyasi “aqlli” oyna yaratishga qaror qildi, u orqali siz uyingizdan chiqmasdan nafaqat turli mamlakatlar, balki turli koinotlarga ham tashrif buyurishingiz mumkin.

Atmoph Window qurilmasi birinchi marta 2015-yilda chiqarilgan. Konsepsiyada u zamonaviy dunyoning davriy ravishda takrorlanadigan suratlari bo‘lgan ulkan ekranga o‘xshardi. Gadjet 27 dyuymli displey bo‘lib, u dunyoning turli burchaklaridagi landshaftlarni birin-ketin o‘zida aks ettiradi. Qurilma dinamiklar o‘rnatilgan va maksimal video o‘lchamlari 4K.

Foto: Europa Plus

Atmoph Window 1000 dan ortiq manzaradan iborat, ularning aksariyati kompaniya bilan hamkorlik qilgan fotograflar tomonidan olingan. Ushbu kadrlar tufayli siz istalgan vaqtda uyda issiq yoz kuni, shahar shovqini yoki tabiiy osoyishtalik muhitini yaratishingiz mumkin. Barcha videolar real tovushlarga ham ega.

Foto: Europa Plus

Smartfon ilovasidan foydalanib, o‘zingiz olgan videoni ham raqamli oynaga o‘rnatishingiz mumkin. Bundan tashqari, displey Google hisobi bilan sinxronlashtirilishi mumkin, keyin ekranda sana va ob-havo prognozi ko‘rsatiladi. Shuningdek, ovozli yordamchilar yordamida qurilmani boshqarish mumkin. Qurilmaning yana bir xususiyati noyob Face-View Follow texnologiyasidir. O‘rnatilgan kameradan foydalanib, u odamning yuzining holatini kuzatib boradi va manzarani o‘zgartiradi.

Foto: Europa Plus

Gadget komplektatsiyasi uchun bitta, ikkita yoki uchta displey tanlash mumkin. Ekranlar bir-biri bilan sinxronlashtirilishi va imkon qadar haqiqatga yaqin panorama yaratadi.

Aytgancha, kompaniya allaqachon Disney, Star Wars va Stranger Things bilan ishlagan. Shunday ekan gadjetingizdan foydalanib sevimli kinematografiya olamlariga tashrif buyurishingiz mumkin.

Foto: Europa Plus
Foto: Europa Plus

Ushbu gadjetning narxi 499 dollardan boshlanadi. Dunyo bo‘ylab bir kunda sayohat qilishni orzu qilganlar uchun Atmoph Window ajoyib sovg‘a bo‘ladi.

Aytgancha, bunday qurilma ofis dizayni uchun ham mos keladi. Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, raqamli oyna yanada jozibali va rag‘batlantiruvchi ish muhitini yaratishi mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »