Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashidagi nutqi noto‘g‘ri talqin qilinayotganidan “shokda” ekanini aytdi.

Foto: BMT

Guterrish 25-oktyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidagi nutqida “HAMAS tomonidan 7-oktyabr kuni Isroilda sodir etilgan dahshatli va misli ko‘rilmagan teraktlarni so‘zsiz qoralaganini” ta’kidladi.

Biroq bosh kotibning nutqidan BMT matbuot xizmati keltirgan iqtibos “noto‘g‘ri talqin qilingan”. Gap Guterresh nutqining “HAMAS hujumi besabab yuzaga kelmagan” degan qismi haqida bormoqda. Unda Guterrish Falastin xalqi “56 yildan beri ishg‘ol ostida” ekaniga ishora qiladi.

“Darhaqiqat, men Falastin xalqining dardlari haqida gapirdim va aniq qilib shunday dedim: “Falastin xalqining shikoyatlari HAMASning dahshatli hujumlarini oqlay olmaydi”. So‘ng Yaqin Sharq inqirozining barcha jihatlari bo‘yicha o‘z pozitsiyalarimni keltirib, taqdimotimni davom ettirdim. Men buni vaziyatga oydinlik kiritish uchun, ayniqsa, qurbonlar va ularning oilalarini hurmat qilish uchun zarur edi, deb hisoblayman”, — tushuntirdi BMT rahbari.

Shu bilan birga, Guterrish “tinch aholini qasddan o‘ldirish, yaralash va o‘g‘irlash yoki tinch aholi nishonlariga raketa uchirilishini hech narsa oqlay olmaydi” deb ta’kidladi.

Isroil Guterrishning “HAMAS hujumi besabab yuzaga kelmagan” degan so‘zlaridan keyin BMT bosh kotibini iste’foga chaqirdi. Isroilning BMTdagi doimiy vakili Gilad Erdan mamlakat BMT xodimlariga viza berishni to‘xtatishini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »