Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Abdulla Azizov Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi, deb xabar beradi “Yuz.uz”.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Fevral oyida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev qamoqqa olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Abdulla Azizov 1981-yilda tug‘ilgan. 2003-yil Yaponiyaning Nagoya universitetida iqtisodiyot yo‘nalishini, 2004-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2006-yili Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2006-yilda Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan.

U 2006—2019-yillarda Daniyaning Maersk A/S, DONG Energy A/S, Carlsberg A/S, Implement consulting group, “Vestas A/S hamda Danfoss kompaniyasida moliyaviy biznes loyihalarini avtomatlashtirish sohasida yuqori standartlarni joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

2019-yil sentyabr oyidan 2020-yil iyul oyiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2020-yilning iyulidan 2022-yil yanvarga qadar sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimida ishladi. Mazkur tayinlovga qadar esa “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” boshqaruvi raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »