Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mirzoxid Qodirov Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi davlat unitar korxonasi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Mirzoxid Qodirov 2003-yilda Toshkent farmatsevtika institutini tamomlab, ish faoliyatini mazkur oliy o‘quv yurtida kafedra assistenti sifatida boshlagan.

Keyinchalik Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Farmakopeya qo‘mitasida yetakchi mutaxassis, qo‘mita raisi o‘rinbosari, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi DUK direktori kabi masʼul lavozimlarda ishlagan.

“Mirzoxid Qodirovga tizimda korrupsiyaga barham berish, sohaga xalqaro standartlar, yuqori texnologiyali laboratoriyalarni joriy qilib, O‘zbekistonga sifatli dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikalar kirib kelishini taʼminlash, mamlakatda farmatsiya sohasini yangi bosqichga olib chiqish, markazda faoliyat ko‘rsatuvchi kadrlar malakasini jahon talablari darajasida oshirib borish hamda o‘z ishiga halol hamda vijdonan yondashadigan bilimli va mahoratli mutaxassislardan iborat jamoani shakllantirish kabi muhim vazifalar yuklatildi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2022-yil 30-dekabrdagi yig‘ilishda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi rahbari Sardor Kariyevni ishdan olganini e’lon qilgandi. Fevral boshlarida esa Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Sardor Kariyev qamoqqa olinganini ma’lum qildi.

Agentlik tomonidan Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi va uning huzuridagi Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi DUKda o‘tkazilgan o‘rganish yakunlariga ko’ra aniqlangan juda ko‘p miqdordagi moliyaviy xato va kamchiliklar hamda budjet mablag’larining sarf qilinishida belgilangan talablarning qo’pol ravishda buzilganlik holatlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg’atilgan. Hozirda DXX tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »