Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

27-oktyabr kuni Oq uy veb-saytida e’lon qilingan bayonotga ko‘ra, AQSH va Xitoy Si Szinpin hamda Jo Bayden o‘rtasida uchrashuv tashkil etish ustida birgalikda ishlamoqda. Davlat rahbarlarining uchrashuvi 11—17-noyabr kunlari San-Fransiskoda, APEC (Asia-Pacific Economic Cooperation) sammiti doirasida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda, deyiladi bayonotda.

Foto: ERR

Bayden 27-oktyabr kuni Vashingtonda Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi. U har ikki davlat ochiq muloqot kanallarini saqlab turishi va “o‘zaro munosabatlardagi raqobat masalalariga mas’uliyat bilan yondashish” kerakligini ta’kidladi. Bundan tashqari, Amerika yetakchisi Pekinni “global muammolarni” hal etishda birgalikda ishlashga chaqirdi hamda Xitoy davlat kengashi sobiq bosh vaziri Li Ketsyanning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Van I Blinken va Sallivan bilan Xitoy—AQSH munosabatlarini muhokama qildi 

Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rahbari 26-oktyabr kuni AQSHga uch kunlik tashrif bilan kelgandi. U AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan ikki marta uchrashdi. Siyosatchilar muzokaralar ortidan hech qanday bayonot bermadi, biroq ular boshlanishidan oldin Van I AQSH va Xitoy o‘rtasida nafaqat kelishmovchiliklar, balki umumiy manfaatlar ham borligini, “har ikki davlat ham keng qamrovli muloqotga muhtojligini” ta’kidladi. 

Bundan tashqari, Xitoy vazirini AQSH prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan qabul qildi. Uchrashuvda “AQSh va Xitoy o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning asosiy masalalari, Isroil va HAMAS o‘rtasidagi mojaro, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi” hamda Pekin va Tayvan o‘rtasidagi keskin munosabatlar muhokama qilindi, deyiladi Oq uy matbuot xizmati xabarida. 

Reuters agentligining qayd etishicha, Van Ining safari yuqori martabali xitoylik siyosatchining AQSHga so‘nggi yillardagi birinchi tashrifi bo‘ldi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »