Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi.

Foto: BMT

Iordaniya taklif qilgan hujjatni qo‘llab 120 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston ovoz berdi, 14 ta mamlakat, jumladan, AQSH va Isroil qarshi chiqdi, yana 45 tasi jumladan, Buyuk Britaniya, Kanada, Hindiston va Ukraina betaraf qoldi.

Bosh assambleya, shuningdek, Kanada tomonidan taklif qilingan rezolyutsiyaga HAMASning Isroilga hujumi va odamlarni garovga olishdagi harakatlarini qoralovchi tuzatishni rad etdi.

Times of Israel ta’kidlaganidek, bu tashabbus sof ramziy ahamiyatga ega, biroq ovoz berish natijalari dunyoda falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatadi.

Isroil kuchlari 27-oktyabr oqshomida G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani “kengaytirayotgani”ni, shuningdek, havodan, yerdan va dengizdan hujumlar intensivligini oshirdi. Isroil armiyasi “kengayish” nimani anglatishiga aniqlik kiritimadi. Mutaxassislarning fikricha, jangovar harakatlarning kuchayishi hali keng ko‘lamli bosqinning boshlanishi, degani emas.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »