Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat Isroilni dunyoga harbiy jinoyatchi sifatida namoyish qilishini aytdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Anadolu

Erdo‘g‘on Istanbulda bo‘lib o‘tgan “Buyuk Falastin mitingi” ishtirokchilariga murojaatida Isroil 22 kundan beri harbiy jinoyatlar sodir etayotganini aytdi. Prezident Turkiya undan yordam so‘rab murojaat qilganlarga har doim yordam qo‘lini cho‘zishini, bugun G‘azo yordamga muhtoj ekanini ta’kidladi.

“Ukraina-Rossiya urushida halok bo‘lgan tinch aholi uchun ‘timsoh ko‘z yoshlarini’ to‘kkanlar bugun G‘azo sektorida minglab begunoh bolalarning o‘limini jimgina kuzatmoqda”, — dedi u.

Erdo‘g‘on Isroilni Falastin yerlarining “bosqinchisi” deb atab, Isroil va Falastinning 1947-yildagi joylashuviga e’tibor qaratdi.

“Isroil kun kelganda mintaqada qurbonlikka olib kelinadigan piyoda ekanini hamma biladi”, — dedi Erdo‘g‘on.

Prezident Falastinning HAMAS harakati terrorchi tashkilot emasligini aytganida Isroil juda xavotirlanganini bildirdi.

“Qrimdan Qorabog‘gacha, Bosniyadan Kirkukkacha, Falastindan Turkistongacha, Afg‘onistondan Chechenistongacha bo‘lgan ko‘plab hududlar aholisi uchun ko‘z yosh to‘kdik. Bugungi kunda bir qancha odamlar G‘azoni bizga hech qanday aloqasi bo‘lmagan olis joy deb biladi. Afsuski, bu haqda hatto ochiq gapirishadi”, — dedi siyosatchi.

Turkiya rahbariga ko‘ra, mamlakatning to‘rt tomonida va hatto chegaralaridan tashqarida tuzilgan biror-bir voqea, biror inqiroz, birorta ham ittifoq Turkiyaga qarshi o‘ynalayotgan o‘yinlarning bir qismi emas.

“HAMAS terrorchi tashkilot emasligini aytdim va Isroil bundan juda xavotirda. G‘olib faqat Allohdir. Bu yerda biz nafaqat G‘azo sektoridagi xunrezlikni qoralaymiz, balki o‘z mustaqilligimiz va kelajagimizni himoya qilamiz”, — dedi Erdo‘g‘on.

U Isroilni “bosqinchi” “tashkilot” deb atadi. 

“Shuning uchun turk xalqi buni biladi. G‘arb sizga qarzdor, lekin Turkiya qarzdor emas. Shuning uchun bemalol gapiramiz. Erdo‘g‘on buni Turkiyaning sizga qarzi yo‘qligi uchun aytmoqda”, — deb ta’kidladi u.

Isroil qanday munosabat bildirdi?

Isroil Tashqi ishlar vazirligi Erdo‘g‘onning bayonotidan so‘ng barcha turk diplomatlarini mamlakatdan chiqarib yuborishni buyurdi. Isroil—Turkiya munosabatlari qayta ko‘rib chiqilishi qayd etildi. Shuningdek, Isroil ham Turkiyadagi diplomatlarini chaqirib olishini bildirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »