Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroilning hujumlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb davlatlarini xalqaro huquqni buzishda aybladi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

“Barcha G‘arb davlatlari Isroil hujumlarini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlamoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga nima bo‘ldi? Unda nima yozilganiga qaramaysizmi?”, — dedi Erdo‘g‘on.


Siyosatchi ular deklaratsiyaga o‘zlariga mos kelgandagina qarashi, aks holda esa yo‘qligini, G‘azodagi vaziyat ikkinchi holatga mos tushayotganini aytdi.

Chunki musulmonlar qoni to‘kilmoqda. Ular yordam kemasi o‘rniga samolyot tashuvchi kema jo‘natib, qaysi lobbiga xizmat qilishlarini ko‘rsatdi. Bu ikkiyuzlamachilik deb ataladi”, — dedi Turkiya prezidenti.

Avvalroq Erdo‘g‘on Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini keskin tanqid qilib, Isroilga tashrifini bekor qilganini ta’kidlagandi.

“7-oktyabrdan beri Isroil G‘azo sektorida begunoh odamlarga qarshi eng qonli va jirkanch portlashlardan birini amalga oshirmoqda. G‘azoda halok bo‘lganlarning deyarli yarmi bolalar, qolgan yarmi ularning onalari va qarindoshlari. Bu ma’lumotlar Isroil maqsadi o‘zini himoya qilish emasligini ko‘rsatadi”, — degan Turkiya prezidenti.

Shuningdek, u Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlarini tanqid qilib, Anqara “G‘azoda bolalarning o‘ldirilishiga yo‘l qo‘ymasligini” bildirgan. Siyosatchi HAMAS o‘z zaminini himoya qilish uchun kurashayotgan ozodlik tashkiloti ekanini ta’kidlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »