Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil qurolli kuchlari HAMAS jangchilari foydalanayotgan uzun yer osti tunnellarini suv bilan to‘ldirmoqchi. Shundan so‘ng Isroil armiyasi G‘azo sektorida quruqlikdagi operatsiyani boshlashi mumkin bo‘ladi. Bu haqda amerikalik jurnalist Seymur Xersh xabar berdi.

Foto: Getty Images

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, bu Isroil xavf ostida bo‘lgan asirlarni ozod qilishni hisobidan chiqarishini angalatadi. Siyosiy tadqiqotlar instituti direktori Sergey Markov nemis nashrlariga tayanib, G‘azo sektorida umumiy uzunligi 500 kilometrdan ortiq tunnellar qazilganini ma’lum qildi.

“Bu balandligi va kengligi 2 metr bo‘lgan tunnellardir. Ammo bundan kattaroqlari ham bor. Hammasi bo‘lib mingdan ortiq shunday tunnellar mavjud, ularni 1300 ta deb atashadi. Tunnellarda HAMAS jangarilari barcha kerakli narsalar, jumladan, suv, oziq-ovqat, generatorlar, qurol omborlarini saqlaydi.
Aynan tunnellar va ko‘p qavatli uylardagi HAMAS jangarilaridan qo‘rquv tufayli Isroil armiyasi quruqlikdagi operatsiyani boshlashdan cho‘chimoqda. Isroil shunchaki bu urushda mag‘lub bo‘lishdan qo‘rqadi”, — deydi Markov.

OAVga ko‘ra, HAMAS jangchilari 220 dan ortiq isroillikni asirda saqlamoqda. Bugungi kunda asirlar aynan shu tunnellarda saqlanayotgani, suv toshqini bo‘lsa, odamlar o‘lishi aytilgan.

Harbiy ekspertlarning fikricha, “Isroil askarlari uchun dahshatli tush” bo‘lishi mumkin bo‘lgan mazkur tunnellar vaziyatni yomonlashtirmoqda, chunki tashqaridan harakat qilish qiyinchilik tug‘diradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »