Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil AQSH iltimosiga ko‘ra Pentagon raketaga qarshi mudofaa tizimlarini joylashtirishga ulgurishi uchun G‘azoga quruqlikdagi operatsiyani keyinga qoldirdi. Bu haqda Wall Street Journal xabar berdi.

Foto: Anadolu

Ma’lum qilinishicha, Pentagon “shoshilinch ravishda” mintaqada Iroq, Suriya, Kuvayt, Iordaniya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklarida xizmat qilayotgan amerikalik qo‘shinlarni himoya qilish uchun o‘nga yaqin raketaga qarshi mudofaa tizimini joylashtirmoqda. Komplekslar shu haftadayoq Isroilga joylashtirilishi mumkin.

Quruqlikdagi operatsiyani rejalashtirish chog‘ida Isroil G‘azoning tinch aholisiga gumanitar yordam yetkazish va HAMAS tomonidan asirga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha zarur sa’y-harakatlarni ham hisobga olishi aytilgan.

Financial Times amerikaliklar Yaqin Sharqqa nafaqat harbiy xizmatchilar, balki mudofaa tizimlarini ham yubormoqchiligini ma’lum qilgan. AQSH Eron va uning mintaqadagi ittifoqchilari tomonidan hujumlar kuchayishidan xavotirda.Bundan tashqari, AQSH Eronni tiyib turish uchun mintaqada yetarlicha mudofaa salohiyatini yaratmoqchi.

Avvalroq Axios nashri Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil armiyasining rejalariga shubha bilan qarayotgani va asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarga ko‘proq vaqt ajratmoqchiligini aytgandi. Bu Isroilga armiyani jangovar harakatlarga yaxshiroq tayyorlash imkonini berishi ma’lum qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »