Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu G‘azo sektoriga quruqlik operatsiyasini boshlashni keyinga qoldirmoqchi. Bu haqda manbalarga tayanib, Amerikaning Axios portali xabar berdi.

Foto: STMEGI

 

Nashrning yozishicha, Netanyaxu Isroil armiyasining rejalariga shubha bilan qaraydi va asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralarga ko‘proq vaqt sarflashga tayyor. Shu bilan birga, bu Isroil armiyasini jangovar harakatlarga yaxshiroq tayyorlash imkonini beradi.

“Netanyaxu Isroilning harbiy rejalariga shubha bilan qaraydi va unga ko‘proq vaqt kerak”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Isroil Tashqi ishlar vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Emmanuel Nachshon Isroil armiyasi “o‘lim tuzog‘iga” tushib qolishdan qo‘rqib, G‘azo sektorida keng ko‘lamli quruqlikdagi operatsiyani boshlashni keyinga surganini aytgandi.

Shuningdek, u Isroil qurolli kuchlari keng ko‘lamli operatsiyani boshlashga shoshilmayotgani, chunki askarlarni bunga tayyorlash zarurligini ta’kidlagan.

Biroq, Isroil mudofaa kuchlari bosh shtabi boshlig‘i Gertsi Halevi harbiylar quruqlikdagi operatsiyaga tayyorligi, uni boshlash vaqti mamlakat siyosiy rahbariyatining qaroriga bog‘liqligini aytgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »