Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi “normallashtirish” kelishuvlarini olqishlab, falastinliklar bunga “veto” qo‘ymasligi kerakligini ta’kidladi. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Foto: Reuters

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagan Netanyaxu Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi rasmiy munosabatlar istiqbolini olqishlab, AQSHning ikki davlat o‘rtasidagi kelishuvga erishishdagi rolini ta’kidladi.

Isroil bosh vaziri Eron hukumatini qoralab, xalqaro hamjamiyatni Tehronga nisbatan keskinroq pozitsiyada turishga chaqirdi.  Quyida Netanyaxuning murojaatidan asosiy fikrlarini ko‘rib chiqamiz:

Falastinliklar “normallashtirish” ustidan veto qo‘ymasligi kerak

Netanyaxu o‘zining Yaqin Sharqdagi “tinchlik” haqidagi tasavvurini bayon qildi, unda arab davlatlari Falastin masalasidan qat’i nazar Isroilni qo‘llab-quvvatlaydi.

“Men uzoq vaqtdan beri falastinliklar bilan tinchlik o‘rnatishga intilaman. Ammo falastinliklarga arab davlatlari bilan yangi tinchlik shartnomalari bo‘yicha veto qo‘yish huquqini bermasligimiz kerak, deb hisoblayman.
Falastinliklar kengroq tinchlikdan katta foyda olishi mumkin. Ular ushbu jarayonning bir qismi bo‘lishi kerak, lekin ular unga veto qo‘yish huquqiga ega bo‘lmasligi kerak”, — dedi u.

Falastinsiz Yaqin Sharq xaritasi

Netanyaxu falastinliklar bilan tinchlikka erishish haqidagi da’volariga qaramay, Isroilni ko‘k rangda ko‘rsatadigan Yaqin Sharqning ikkita xaritasini ko‘tardi.

Ikkala xaritada ham bosib olingan Falastin hududlari — G‘arbiy Sohil va G‘azo, shuningdek, Suriya tomonidan bosib olingan Golan tepaliklari Isroilning bir qismi sifatida ko‘rsatilgan.

Isroil bosh vaziri bu xaritalardan Isroilning qo‘shni arab davlatlari bilan munosabatlari o‘sib borayotganini ta’kidlash uchun foydalangan.

Netanyaxu Isroilni tinchlikka intilayotgan davlat sifatida ko‘rsatib, “Falastinliklar yahudiylarga nafrat uyg‘otishni bas qilishi va nihoyat yahudiy davlati bilan yarashishi kerakligini”, aytdi.

Saudiya Arabistoni bilan potensial kelishuv

Isroil bosh vaziri nutqining katta qismi Isroil-Arab yaqinlashuviga, jumladan Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha potensial kelishuvga qaratilgan.

Isroil va Fors ko‘rfazi qirolligi o‘rtasidagi norasmiy aloqalar yillar davomida kuchayib bormoqda, biroq Isroil bosh vaziri rasmiy diplomatik kelishuv mintaqa uchun o‘zgarishlar bo‘lishini aytdi.

“Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi tinchlik haqiqatda yangi Yaqin Sharqni yaratadi. Bunday tinchlik arab-isroil mojarosiga barham berish uchun katta ahamiyatga ega. Bu boshqa arab davlatlarini Isroil bilan munosabatlarini normallashtirishga undaydi. Falastinliklar bilan tinchlik o‘rnatish istiqbollarini yaxshilaydi. Bu yahudiylik va islom o‘rtasida, Quddus va Makka o‘rtasida kengroq yarashishga yordam beradi”, — dedi Netanyaxu.

Eronga nisbatan qat’iy pozitsiyada bo‘lish

Netanyaxu Eronni Yaqin Sharqdagi mojarolarning asosiy manbai sifatida ko‘rsatishni ta’kidlab, Tehron yadroviy dasturiga chek qo‘yish uchun kuchli xalqaro javob choralarini ko‘rishga chaqirdi.

“Rejimning tajovuzkorligi asosan xalqaro miqyosda befarqlik bilan kutib olindi. Sakkiz yil avval G‘arb davlatlari Eron yadroviy kelishuvni buzsa, sanksiyalar qayta qo‘llanilishini aytgan. Eron kelishuvni buzmoqda, biroq sanksiyalar qaytmadi”, — dedi u.

Netanyaxu 2015-yilgi Eron yadroviy kelishuvini nazarda tutgan, bunda Tehron o‘z iqtisodiga qarshi xalqaro sanksiyalarni bekor qilish evaziga yadroviy dasturini qisqartirgan.

Eron AQSHning qattiq sanksiyalari ostida qolmoqda, bu esa boshqa davlatlar va xalqaro kompaniyalarning Vashington tomonidan qo‘llanayotgan ikkilamchi sanksiyalaridan qo‘rqib, Tehron bilan biznes yuritishlariga to‘sqinlik qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »