Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Saudiya Arabistoni rasmiylari Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish bo‘yicha har qanday muhokamani to‘xtatayotgani haqida AQSHni ogohlantirdi. Bu haqda Elaph gazetasi xabar berdi.

Foto: Reuters

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bu qarorga Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi Isroil vazirlar mahkamasining falastinliklarga nisbatan “ekstremizmi” sabab bo‘lgan. Isroil bosh vaziri kanselyariyasidagi manbaga ko‘ra, mamlakat rahbariyati Saudiya Arabistoni pozitsiyasidan sarosimaga tushgan. Netanyaxu, ko‘plab vazirlar va ekspertlar Ar-Riyod munosabatlarni Falastin masalasiga bog‘lamasdan yaxshilashga rozi bo‘lishini kutgan.

Bir necha kun oldin AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Isroil va Saudiya Arabistoni munosabatlarining normallashishiga kafolat yo‘qligini aytgandi. Uning ta’kidlashicha, bu jarayonda tomonlar nafaqat o‘zlarining, balki falastinliklarning manfaatlarini ham hisobga olishi kerak. 

Shu bilan birga, amerikalik siyosatchi Saudiya Arabistoni va Isroil o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga solish yahudiy davlati va Falastin o‘rtasidagi tinchlik o‘rnini bosa olmasligini ta’kidladi.

2022-yil dekabr oyida Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Vazirlar Mahkamasining asosiy vazifalaridan biri Isroil va arab davlatlari o‘rtasidagi “tinchlik doirasini keskin kengaytirish” bo‘lishini aytgandi. 2023-yil 10-mart kuni Eron va Saudiya Arabistoni ikki oy ichida diplomatik munosabatlarni tiklash va elchixonalarini qayta ochishga kelishib olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »