Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

7-oktyabr kuni Isroilga hujum uyushtirishdan avval HAMAS jangchilarining kichik guruhi so‘nggi ikki yil davomida G‘azo sektori ostidagi tunnellarda qurilgan statsionar telefonlar tarmog‘i orqali aloqa almashgan. Bu haqda CNN telekanali Amerika razvedkasi ma’lumotlari bilan tanish bo‘lgan ikki manbaga tayanib xabar berdi.

Foto: Getty Images

Telekanal suhbatdoshlarining qayd etishicha, tunnellardagi telefon liniyalari HAMASga Isroil razvedkasiga sezdirmay muloqot qilish imkonini bergan.

Amerika razvedka xizmatlarining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu guruh ikki yil davomida o‘zini sezdirmagan, faqat 7-oktyabr kuni Isroilga hujumdan oldin faollashgan. Guruh bu vaqt davomida kompyuter va mobil telefonlardan foydalanmagan.

CNN suhbatdoshlaridan birining aytishicha, HAMASning quruqlikdagi qo‘mondonlari va guruh jangchilari bir necha oy davomida mashg‘ulotlar o‘tkazib, tayyor holatda bo‘lishiga qaramay, aniq rejalar haqida hujumdan bir necha kun oldin xabar topishshgan. HAMASning ayrim tayyorgarliklari ko‘zga tashlangan, ammo ularga yetarlicha e’tibor berilmagan. Manbaga ko‘ra, razvedka xizmatlari “HAMAS har doim odamlarni shunday tayyorlaydi, bu g‘ayrioddiy ko‘rinmaydi” deb o‘ylashgan.

Isroil rasmiysining telekanalga aytishicha, 2023-yilning yozida isroillik harbiylar G‘arbiy Sohil shimolidagi Jenin shahrida operatsiya o‘tkazayotganda ko‘rinishidan aloqa tizimiga o‘xshash qurilmani aniqlagan. Ular xavfsiz aloqa liniyasini va Isroil qo‘shinlari harakati haqida oldindan ogohlantiruvchi videokuzatuv kameralarini topgan. O‘shanda Isroil armiyasi buni “terrorchilar o‘rtasidagi muvofiqlashtirish va muzokaralar markazi” deb atagan.

Avvalroq The New York Times gazetasining Isroil razvedka xizmatlaridagi suhbatdoshlari harbiylar va razvedka bir qator xatolarga yo‘l qo‘ygani, shu sababli ular HAMAS hujumini qaytara olmaganini aytishgandi. Jumladan, razvedka xodimlari HAMASning asosiy aloqa kanallarini kuzata olmagan, shuningdek, guruh qo‘mondonlarining hech qanday hujumni rejalashtirmayotgani haqidagi bayonotlariga ishongan. Nashr manbalariga ko‘ra, Isroil razvedka xizmatlari tomonidan tinglangan suhbatlarda HAMAS qo‘mondonlari qurolli to‘qnashuvdan qanday qochishni istashi haqida gapirgan. Endi Isroil razvedkasi bu suhbatlar dezinformatsiyaning maxsus qismi bo‘lgan-bo‘lmaganini aniqlashga urinmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »