Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS Isroilning G‘azo shimolidagi aholini janubga evakuatsiya qilish haqidagi talabini “psixologik urush” deb atadi. Guruh rasmiylari g‘azoliklardan uylarini tark etmaslikni so‘radi, deb xabar bermoqda CNN.

Foto: Reuters

HAMAS bayonotida aytilishicha, “bosqinchilar fuqarolar o‘rtasida sarosima uyg‘otib, ichki front barqarorligiga putur yetkazish maqsadida turli yo‘llar bilan yolg‘on targ‘ibotni yoyish va ko‘paytirishga harakat qilmoqda”.

“Bizda ikkita yo‘l bor: bu ishg‘ol ustidan g‘alaba qozonish yoki o‘z uyimizda o‘lish. Biz ketmoqchi emasmiz. Nakbani takrorlashga tayyor emasmiz”, — dedi HAMASning siyosiy va xalqaro aloqalar byurosi rahbari Bassem Naim.
Nakba (arabcha “falokat”) — 1948-yildagi arab-isroil urushidan keyin kamida yarim million falastinlik arablarning ommaviy surgun qilinishi.

HAMAS “xalqaro institutlar” xodimlari mintaqaning shimoliy qismini tark etmaganini aytdi. Biroq BMTning Yaqin Sharqdagi falastinlik qochqinlarga yordam agentligi (UNRWA) tashkilot xodimlari G‘azo sektorining janubiga ko‘chirilgani haqida xabar berdi.

Al-Jazeera xabar berishicha, G‘azo sektori shimolidagi ko‘chalar huvillab qolgan, faqat tez yordam mashinalari o‘tib turadi. Mahalliy aholining telekanalga maʼlum qilishicha, internet tarmog‘iga ulanishdagi uzilishlar va telefon tarmoqlarining buzilishi tufayli aholi to‘liq maʼlumot ololmayapti va aksariyat g‘azoliklar Isroil armiyasining evakuatsiya haqidagi talabidan hanuzgacha bexabar.

G‘azo sektorining janubida qochqinlarni joylashtirish bilan bog‘liq vaziyat og‘ir, deb yozadi Al-Jazeera: BMT nazoratidagi maktablar to‘lib ketgan, u yerda bepul boshpana va evakuatsiya uchun transport qolmagan.

13-oktyabr kuni ertalab Isroil mudofaa kuchlari G‘azo fuqarolariga shahar shimolini tark etishni buyurgani haqida xabar berildi. BMT ushbu buyruqni bekor qilishga chaqirib, gap bir milliondan ortiq odamni ko‘chirish haqida ketayotganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »