Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo va Livanga zarba berishda oq fosforli o‘q-dorilardan foydalangan, deb ma’lum qildi Human Rights Watch inson huquqlari tashkiloti.

Foto: Skrinshot

Bu haqda huquq himoyachilari 10—11-oktyabr kunlari shunday snaryadlar qo‘llanganini tasdiqlovchi videoyozuvlarga tayanib xabar bermoqda. Kadrlarda G‘azo shahar porti va Isroil—Livan chegarasidagi ikki aholi punkti ustida artilleriya o‘qlaridan otilgan oq fosforning bir necha bor chaqnashi aks etgan, deydi HRW vakillari.

Oq fosfor kuchli kuyishga olib keladi, shuningdek, inson salomatligiga uzoq muddatli zarar yetkazishi mumkin. HRW ta’kidlashicha, bu kimyoviy qurol hisoblanmaydi, chunki u asosan zaharli modda emas, balki issiqlik va olov orqali ishlaydi.

Oq fosfor nafaqat yondiruvchi qurol sifatida, balki qo‘shinlar harakatini maskirovka qilish va infraqizil optikaga xalaqit beradigan tutun yaratish uchun ham qo‘llanadi.

Isroil armiyasi 2008—2009-yillarda “Quyma qo‘rg‘oshin” operatsiyasi paytida oq fosforli snaryadlardan foydalangan. O‘shanda Isroil Tashqi ishlar vazirligi ulardan tutun pardasi yaratish uchun maxsus foydalanilganini da’vo qilgan, biroq HRW faollari G‘azo sektoridagi tinch aholi orasida qurbonlar borligini hujjatlashtirgan.

Shundan so‘ng, 2013-yilda Isroil Oliy sudida mamlakat harbiylari endi aholi punktlarida oq fosfordan foydalanmasligini aytdi. “Ikki tor doiradagi vaziyat” bundan mustasno qilinib, bunday vaziyatlar faqat sudyalarga ma’lum qilindi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »