Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil aviazarbalari oqibatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi 11 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters tashkilot bayonotiga asoslanib xabar berdi.

Foto: AP Photo

Halok bo‘lganlar — besh nafar o‘qituvchi, bir ginekolog, bir muhandis, bir psixolog va uch nafar yordamchi xodim edi.

“Ba’zilar o‘z uyida oila a’zolari bilan o‘ldirilgan. BMTning falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi ushbu yo‘qotishlar uchun hamkasblarimiz va oilalarimiz bilan birga qayg‘uda”, — deyiladi tashkilot xabarida.

O‘z navbatida, Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyatlari federatsiyasi (IFRC) o‘zining besh a’zosi – to‘rt nafari G‘azoda va bir nafari Isroilda halok bo‘lganini ma’lum qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMASning Isroilga hujumi oqibatida 1200 dan ortiq isroillik halok bo‘lgan. Falastin tomoni esa Isroil zarbalaridan 1100 dan ortiq odam o‘lgani haqida xabar berdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »