Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

13-oktyabrga o‘tar kechasi Isroil harbiylari G‘azo sektori bo‘ylab 750 ta nishonga zarba berdi, deyiladi Isroil mudofaa kuchlarining ijtimoiy tarmoqlariga joylangan xabarda.

Maʼlumotlarga ko‘ra, zarba berilgan nishonlar orasida yerosti tunnellari, qurol-yarog‘ omborlari, HAMASning yuqori martabali aʼzolarining uylari va boshqa obyektlar bor.

Harbiy samolyotlar G‘azoda HAMAS tomonidan foydalanilayotgan 12 ta ko‘p qavatli binoga baravariga zarba berdi, deyiladi Isroil armiyasi bayonotida.

The Times of Israel nashrining Isroim armiyasi matbuot kotibi Daniel Hagariga tayanib xabar berishicha, Isroil mudofaa kuchlari G‘azo fuqarolariga shaharni tark etishni buyurgan.

“Biz G‘azo xalqiga emas, terrorchi guruhga qarshi kurashyapmiz. Biz tinch aholi jabr ko‘rmasligini ta’minlashni istaymiz, biroq chegaramiz yaqinida HAMAS-ISHID bilan yashay olmaymiz”, — dedi Hagari jurnalistlar bilan telefon suhbatida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tinch aholi evakuatsiya qilinganidan so‘ng Isroil “erkinroq” ish ko‘ra oladi, bu esa HAMASga jiddiyroq zarar yetkazishiga imkon beradi.

Isroil armiyasining evakuatsiya haqidagi talabini dastlab BMT bosh kotibi matbuot kotibi Stefan Dyujarrik e’lon qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, isroillik harbiylar G‘azodagi BMT vakillarini tinch aholi 24 soat ichida janubga evakuatsiya qilinishi kerakligi haqida xabardor qilgan.

BMT ushbu buyruqni bekor qilishga chaqirib, gap bir milliondan ortiq odamni ko‘chirish haqida ketayotganini ta’kidlagan.

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti bunday transferni halokatli gumanitar oqibatlarsiz amalga oshirish imkonsiz, deb hisoblaydi”, — deb qo‘shimcha qildi Dyujarrik.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »