Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Telegram mobil qurilmalardan HAMASning rasmiy kanaliga kirish imkoniyatini chekladi. Bu haqda messenjer Android foydalanuvchilarini xabardor qildi, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: Pixabay
“Siz obuna bo‘lgan ayrim kanallarga kirish Telegram versiyangizda Google Play qoidalariga muvofiq cheklanishi mumkin”, — deyiladi xabarnomada.

Endilikda mobil qurilmadan HAMAS kanaliga kirmoqchi bo‘lganlar uchun “Bu kanalga kirish cheklangan” bildirishnomasi ko‘rinadi.

Apple qurilmasidan kanalga kirishga uringanlar ham shunga o‘xshash bildirishnomaga duch kelmoqda. “RIA Novosti” cheklov Apple foydalanuvchilariga ham taalluqli ekanini yozdi.

“TASS”ning aniqlik kiritishicha, HAMASning harbiy qanoti “Al-Qassam brigadalari” kanali ham bloklangan. Shu bilan birga, harakat matbuot kotibi Izzat ar-Rishqaning kanali, HAMASning ittifoqchilari bo‘lmish “Islomiy jihod” va “Hizbulloh” kanallari hali ishlamoqda.

Messenjer HAMAS kanallariga kirish huquqini saqlab qolmoqchi bo‘lgan Android foydalanuvchilariga mobil ilovani Play market orqali emas, to‘g‘ridan to‘g‘ri Telegram veb-saytidan yuklab olishni taklif qildi. Kanallar messenjerning veb-versiyasida ham ishlamoqda.

Avvalroq Telegram asoschisi Pavel Durov HAMAS kanalining yopilishi jangovar zonada sodir bo‘layotgan voqealar haqidagi ma’lumotlar bilan bog‘liq vaziyatni yomonlashtirishi mumkinligini aytgandi:

“Ashkelonga raketa hujumlaridan oldin HAMAS Telegram orqali tinch aholini hududni tark etishi kerakligi haqida ogohlantirgan. Ushbu kanalni yopish hayotni saqlab qolishga yordam beradimi yoki ularni xavf ostiga qo‘yadimi?” — deb yozgandi Durov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »