Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasidagi urush guruh jangchilari qurollarini tashlab, garovga olinganlarni ozod qilsa va taslim bo‘lsagina, “o‘t ochishlarsiz” yakunlanishi mumkin. Bu haqda Isroilning BMTdagi elchisi Gilad Erdan ma’lum qildi.

Foto: Reuters
“Nega HAMASni bunga chaqirmayapsiz?” — deya Erdan BMT Xavfsizlik Kengashini guruhni terrorchi tashkilot deb eʼlon qilishga hamda Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini nafaqat so‘z bilan, balki amalda qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

Diplomat hozirgi mojaroni BMT uchun burilish nuqtasi deb atadi va ayrim rezolyutsiyalarida Falastinni qo‘llab-quvvatlagan tashkilotning “xatolarini” keltirdi. Uning ta’kidlashicha, xalqaro hamjamiyat G‘azo sektoriga milliardlab dollar jo‘natgan, ammo bularning barchasi HAMASga ketgan. Erdan HAMAS Isroilni “yo‘q qilish” maqsadida ekanini da’vo qilib, Isroil G‘azodan chiqib ketganidan keyin ham, guruhning pozitsiyasi o‘zgarmasligini aytdi: “HAMAS motivatsiyasini hech narsa o‘zgartira olmaydi”.

“Saratonni davolashning yagona yechimi bor. Barcha saraton hujayralarini yo‘q qilish kerak”, — dedi Isroilning BMTdagi doimiy vakili.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »