Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

G‘azo sektorining Bayt-Xanun va Atatra hududiga Isroil aviazarbalar berganidan keyin qanday ko‘rinishga kelgani namoyish qilindi. Sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Maxar tomonidan chop etildi.

Ma’lum qilinishicha, birinchi surat 2023-yil 10-mayda, ikkinchisi esa 2023-yil 21-oktabrda olingan.

Isroil hujumlaridan oldin va keyingi Bayt-Xanun hududi:

Foto: Maxar
Foto: Maxar

Atatra hududining hujumdan oldingi va keyingi ko‘rinishi:

Foto: Maxar

7-oktyabrdan buyon Isroil havo kuchlari G‘azo sektoriga hujumlarini kuchaytirdi. O‘shandan beri Isroil armiyasi G‘azodagi qurol-yarog‘ omborlari, HAMASning yashirin obyektlariga zarbalar berdi. Falastinliklar bo‘lgan kasalxona ham nishonga olindi. Hozirgacha Isroilning hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 6,5 mingdan oshdi, 17,4 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Ulardan 2704 nafari bolalar, 1584 nafari ayollar va 364 nafari keksalar.

Isroil tomonida esa 1,4 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgani, yana 5,4 ming kishi yaralangani ma’lum.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »