Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Barchaga maʼlumki takomillashtirilgan jamoat transporti tizimi nafaqat yo‘llardagi tirbandlikni oldini olishda, balki yo‘lovchilarni xavfsiz va tezkor harakatlanishida, hamda ekologiyaga bo‘lgan yukni kamaytirishda asosiy o‘rinni egallaydi.

Shu bilan birgalikda, Toshkent shahri aholisi va poytaxtimiz mehmonlari tomonidan jamoat transportidan keng foydalanilib kelinishi mazkur sohani rivojlantirishga bo‘lgan ehtiyojni aktuallashtirdi. 

Bugungi kunda Toshkent shahrida 5 mln aholi bo‘lib, (doimiy yashovchi 2,9 mln, kunlik shaharga kelib ketuvchi 1,5 mln, vaqtinchalik istiqomat qiluvchi aholi 0,5 mln), aholining soni yiliga o‘rtacha 100 mingtaga oshmoqda. Toshkent shahrida ro‘yxatdan o‘tgan 760 ming avtotransport mavjud bo‘lib, (yiliga 76 mingtaga ortib bormoqda), transport vositalari doimiy harakatlanadigan asosiy yo‘l, ko‘cha tarmoqlari uzunligi 470 km bo‘lib 380-400 ming avtotransport harakatlanishiga mo‘ljallangan. 

Shu bilan birga kunlik shaharga kirib chiquvchi avtotransport soni 160-220 ming bo‘lib, kun davomida shahar yo‘llarida 900 min-ga yaqin avtotransport navbatma-navbat harakatlanmoqda. Bu esa yo‘l tarmog‘ining bir vaqtning o‘zida harakatlanish sig‘imidan 2 barobar ko‘p bo‘lgan avtotransportlar harakatlanayotganini anglatadi.

Transportda harakatlanishning 25 foizi, ya’ni 1,5 millioni avtobus, metro, mikroavtobuslarda, qolgan 4,5 millioni, shaharda kun davomida harakatlanadigan 900 ming avtotransportda amalga oshiriladi.

Foto: Daryo

Transport oqimini samarali boshqaruv tizimi yo‘qligi, doimiy tirbandliklarda harakat tezligi 7 km/soatgacha tushib ketishi, aholining yo‘lga sarflaydigan vaqti bundan 3 – 4 yil oldingiga nisbatan qariyb ikki barobarga ortgani, buning ortidan sekin harakatlanayotgan transportlarning ortiqcha yoqilg‘i sarfi va zararli gazlarni chiqarishi natijasida, iqtisodiy yo‘qotishlar ham ortib bormoqda.

Aholini shaharda harakatlanishga bo‘lgan ehtiyojini to‘liq, sifatli va xavfsiz jamoat transporti bilan ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan. Aynan shu muammolarni yechimlari bo‘yicha 2022-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-111 sonli, 2023-yilda esa PQ-59 sonli qarorlari bilan tizim islohotlari, maqsadli ko‘rsatkichlar hamda islohotlarni amalga oshirish mexanizmlari tasdiqlab berildi.

Mazkur qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosi doirasida so‘ngi yillarda jamoat transportini isloh qilish yuzasidan qator yirik loyihalar amalga oshirildi. Xususan, 2022-yilda Toshkent shahri uchun 200 dona o‘rta sig‘imli SAZ LE 60 rusumli va 190 dona katta sig‘imli MAN rusumli avtobuslar va ilk bor 20 dona zamonaviy elektrobuslar xarid qilindi.

Joriy yilda jamoat transportining mukammal yangilash yuzasidan amalga oshirilgan loyihalar natijasida qo‘shimcha 1 000 dona avtobuslar xarid qilindi. Jumladan, metan gaz yoqilg‘isida harakatlanuvchi 500 ta katta sig‘imli Youtong va 200 ta o‘ta katta sig‘imli Kinglong avtobuslari hamda 302 ta Youtong elektrobuslari olib kelindi.

Mazkur harakat tarkibini “ilmiy asoslangan” texnika va texnologiyalar asosida tashkil etilgan yangi zamonaviy yo‘nalishlar, ya’ni magistral, halqa, bog‘lovchi va yetkazib beruvchi yo‘nalishlarga ajratgan holda avtobuslar biriktirildi.

Mazkur renovatsion loyihalar va xaridlar natijasida, bugungi kunda jamoat transporti harakat tarkibining soni 1 959 tani (2022-yilda 1 485 ta), harakat tarkibining o‘rtacha yoshi 3,5 yil (2022-yilda 7,5 yil), jamoat transportidan foydalanish darajasi 24 foizni (2022-yil 19 foiz), yangi yo‘nalishlar tarmog‘i 167 tani (2022-yilda 144 ta), avtobuslarning kunlik qatnovlar soni 25 404 tani tashkil etishi hisobiga (2022-yilda 14 999 ta) jamoat transportining oraliq intervalini 18-20 daqiqadan 8-10 daqiqaga qisqartirishga erishildi.

Natijada o‘tgan yillarda kunning tig‘iz vaqtlarida jamoat transporti salonidagi tiqilinch, to‘laligi hisobiga undan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan qarib yarim million yo‘lovchilar, (asosan aholining ijtimoiy qatlam vakillari) sifatli avtobus xizmatlaridan foydalanishmoqda.

Ma’lumot uchun, 2030-yilda harakat tarkibi sonini 2 247 taga, harakat tarkibini o‘rtacha yoshini 2,6 yil, jamoat transportidan foydalanish darajasi 40 foizga, yangi yo‘nalishlar tarmog‘i sonini 178 taga ko‘paytirilishga, qatnovlar sonini 27 412 taga yetkazishga va natijada oraliq intervallarni 5-8 daqiqagacha qisqartirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda, siqilgan tabiiy gazda 1 020 tasi yoki 52%ni, elektr quvvatda 322 ta yoki 16,6%ni, dizel yoqilg‘isida 617 tasi yoki 31,4% avtobuslar harakatlanmoqda. 

Jamoat transportining jozibadorligini oshirish va avtobuslarning muntazam va bir maromda harakatini tashkil etish maqsadida 2023-yilda Toshkent shahrida avtobuslar uchun 186,6 km alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etilishi belgilab olingan bo‘lib, 48,2 km (Amir Temur ko‘chasi – 10,4 km, Ahmad Donish – 8,5 km, Navoiy, Beruniy – 6,2 km, Mirzo Ulug‘bek, Feruza, Yuzrabod, Mahtumquli – 23 km) alohida yo‘laklar tashkil etildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »