Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivudning yorqin olami katta ekranda muvaffaqiyatga erishgan yulduzlarning oddiygina hikoyalari bilan to‘lib-toshgan. Aslida ularning hayotiy hikoyalari asosida ham ajoyib filmlar-u seriallar ishlash mumkin. Quyidagi ijodkorlar hayoti bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

Rajnikant

Foto: Bollywoodtime

Rajnikant kino olamiga kirib kelishdan avval o‘zini turli yo‘nalishlarda sinab ko‘rgan. Avvaliga duradgor bo‘lib ishlagan, keyin esa avtobuslarda chipta tarqatuvchi sifatida tirikchilik qilgan. O‘zining ijodiy faoliyatini bir necha pyesalarda kichik rollar ijro etishdan boshlagan Rajnikant aktyorlik mahoratidan saboq olish maqsadida Madrass kino institutiga o‘qishga kirgan. Kinodagi ilk rolini esa 1975-yilda “Nodir ohanglar” kartinasida ijro etgan.

Sonakshi Sinxa

Foto: Bollywoodtime

Sonakshi institutni tamomlagach, modelyer sifatida faoliyat yurita boshlagan. “Mening qalbim boshqasiga tegishli” (2006) loyihasida liboslar bo‘yicha rassom sifatida ishlagan bo‘lg‘usi yulduzning kino olamiga aktrisa sifatida kirib kelishi uchun ko‘p vaqt kerak bo‘lmadi. Boisi, Sonakshi taniqli kino yulduzlari oilasida tug‘ilgan edi. 2010-yilda Salmon Xon qizga “Dovyurak” filmiga suratga tushishni taklif qildi, filmdan so‘ng Sona taniqli aktrisa aylandi.

Akshay Kumar

Foto: Bollywoodtime

Aktyor kino olamining taniqli yulduziga aylanishidan avval Bangkokka jang sanʼatidan dars berish uchun ko‘chib o‘tgan. Bu yerda aralash yakkakurashni o‘rgangan, ofitsiant va somelye sifatida ishlagan. Hindistonga qaytgandan keyin esa jang sanʼati bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishga joylashgan. Shogirdlaridan biri unga o‘zini model sifatida sinab ko‘rishni taklif qilgach, Akshayning hayoti tubdan o‘zgarib ketdi. Bo‘lg‘usi yulduz model sifatidagi ilk shartnomasini qo‘lga kiritdi, tez orada “Qasam” (1991) filmidagi mashhur rolini ijro etdi.

Pariniti Chopra

Foto: Bollywoodtime

17 yoshli Pariniti Londonga tahsil olish maqsadida kelgan vaqtlari “Manchester Yunayted” fan-klubida oziq-ovqat bo‘limiga rahbarlik qilgan. Bu esa unga klub haqida ko‘proq maʼlumot olishga imkon berdi. 2009-yili bo‘lg‘usi aktrisa amakivachchasi Priyanka Chopra bilan birga yashaydigan Mumbay shahriga qaytdi. Pariniti shaharga kelgach, “Yash Raj Films” kompaniyasiga amaliyotchi sifatida ishga joylashdi. 2011-yilda esa “Xonimlar Riki Baxlaga qarshi” filmida debyut rolini ijro etdi.

Navozuddin Siddiqiy

Foto: Bollywoodtime 

Navozuddin bakalavr diplomini qo‘lga kiritgandan keyin kimyogar sifatida ishlagan, ammo tez orada kimyo u xohlagan yo‘nalish emasligini anglab yetgan. Bo‘lg‘usi aktyor Dehli shahrida spektakl tomosha qilganidan keyin o‘zini kino olamida sinab ko‘rish qaroriga keldi. Milliy drama maktabiga o‘qishga kirishdan avval bir nechta sahnalarda kichik rollar ijro etdi. Shu tariqa aktyorning ijodiy faoliyati boshlandi va 1999-yili “Vatanparvar” filmida ikkinchi darajali rolni mahorat bilan ijro etib, mashhurlikka erishdi.

Ranvir Singx

Foto: Bollywoodtime

AQSHning Indiana shtatida tahsil olgan Ranvir Hindistonga qaytib, reklamalarda suratga tusha boshladi. 2010-yilda “Yash Raj Films” kompaniyasi tomonidan suratga olingan “To‘ylar muborak” filmida taniqli aktrisa Anushka Sharma bilan birga ishladi. Ranvir bugungi kunda Bollivudning eng taniqli aktyorlaridan biriga aylanib ulgurgan.

Ritesh Deshmukx

Foto: Bollywoodtime

Ritesh arxitektura kollejida meʼmorchilik yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olgan, keyin esa bir yil mobaynida xorijiy kompaniyada o‘z mutaxassisligi bo‘yicha faoliyat olib borgan. Uning kino yo‘nalishidagi faoliyati 2003-yilda “Senga vaʼda beraman” filmidan keyin boshlandi. Aktyor ushbu filmda bugungi kunda rafiqasiga aylangan aktrisa Jeneliya DʼSouza bilan birga suratga tushgan.

Boman Irani

Foto: Bollywoodtime

Bollivudning eng taniqli aktyorlaridan biri Boman Irani Mumbay kollejida tahsil olib, ofitsiantlar tayyorlash bo‘yicha ikki yillik dastur asosida o‘qigan. Keyin esa bir necha yil mobaynida Toj-Mahal mehmonxonasida ofitsiant bo‘lib ishlagan. Bo‘lg‘usi kinoyulduz o‘zini fotojurnalist sifatida sinab ko‘rishga ham ulgurgan. Aktyor kinodagi debyut rolini ijro etganida 41 yoshda bo‘lgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »