Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Bollivud kinoolami o‘zining romantik filmlari bilan mashhur. So‘nggi yillarda juda ta’sirli va yurakni ezuvchi ko‘plab filmlar yaratildi. Quyida e’tiboringizga sizni xavotirga soladigan va ko‘z yosh to‘kishga majbur qiladigan mashhur hind filmlari havola etiladi.

“O‘zgacha sevgi”


“O‘zgacha sevgi” — Rakha Rahmonning ohangdor musiqasi bilan yanada ta’sirchan bo‘lgan, 2021-yilda suratga olingan blokbaster. Filmda uyidan qochib ketgan va oila a’zolari o‘g‘irlab ketgan notanish kishiga turmushga bergan qizning hayoti haqida hikoya qilinadi. Qiz shizofreniya bilan kasallangan va xayolidagi yigitni sevib qolgan. Filmda yigit o‘z sevgisi va sabri bilan qizning muammoni yengishiga qanday yordam berishi juda yaxshi ko‘rsatib beradi. Loyihadagi aktyorlik va operatorlik ishini yuqori baholash mumkin. Undagi musiqalar ham tomoshabinni o‘ziga jalb etmasdan qo‘ymaydi.

“Mening yoqimtoyim Bindu”

Foto: “Yandeks Dzen” 

Film 2017-yilda suratga olingan. Bu loyiha ikki bolalikdagi do‘stlarning haqiqiy va beg‘ubor sevgisini ko‘rsatadi. Kinokartina sevgi naqadar sof bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Garchi film katta xitga aylana olmagan bo‘lsa-da, tomoshabinlar qalbini zabt eta oldi. Loyihada Chopra va Xurrana ajoyib juftlik rolini ijro etgan.

“Bechora yurak”

Foto: “Yandeks Dzen” 

Bu loyiha Sushant Singx Rajput ishtirokidagi so‘nggi film. “Bechora yurak” 2020-yilda suratga olingan. Film Gollivudning “Yulduzlar aybdor” filmining remeyki hisoblanadi. Kesi va Menni — ularning ikkalasi ham davolab bo‘lmaydigan dardga chalingan bo‘lsa-da, bir-biriga ko‘ngil qo‘yib, oddiy insonlar singari hayot kechiradi. Bu film ham tomoshabinni ko‘z yosh to‘kishga majbur qiladi. Kinokartina o‘zining kinematografiyasi va ajoyib musiqasi bilan sizni o‘ziga rom etadi.

“Oshiq qalblar”

Foto: “Yandeks Dzen” 

“Oshiq qalblar” — sevgi va do‘stlikning go‘zalligini ko‘rsatadigan ta’sirli film. Filmda tasodifan ziyofatda “quloqsiz” yigit Ayanni uchratib qolgan (Ranbir Kapur ijrosida) Alizaning (bu rolni Annushka Sharma ijro etgan) taqdiri haqida hikoya qilinadi. Ularning ikkalasi ham shaxsiy hayotida qiyin davrni boshdan kechirmoqda va shu sababli bir-biri bilan yaxshi do‘stlardek muloqot qilishadi. Ularning do‘stligi Ayan Alizaga nisbatan muhabbatni his qilmaguncha kuchayib boradi. Aliza sevgisini oshkor etishdan oldin o‘zining sobiq sevgilisi Ali (Favad Xon ijrosida) bilan uchrashadi va u bilan turmush qurishga qaror qiladi.

Yuragi yaralangan Ayan Sabadan (Ayshvarya Ray Bachchan) tasalli izlaydi, biroq u Aliza va uning o‘ziga bo‘lgan his-tuyg‘ularini unuta olmaydi. Film 2016-yilda suratga olingan. Kinokartina suratga olinganiga bir necha yillar bo‘lgan bo‘lsa-da, u haligacha tomoshabinlarning sevimli filmlari qatorida turadi.

“Magistral yo‘l”

Foto: “Yandeks Dzen” 

Filmda bosh qahramon Vira (Aliya Bhatt ijrosida) o‘z to‘yiga ko‘rilayotgan tayyorgarliklardan charchab, bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan biror joyga borishni istaydi. Kuyov uning tilagini amalga oshiradi. Ular yonilg‘i quyish shoxobchasiga to‘xtaganda, Virani niqobli bezorilar o‘g‘irlab ketadi. Keyinchalik qiz uni o‘g‘irlagan insonni sevib qoladi. Filmdagi aktyorlar o‘rtasidagi munosabatlar tomoshabinni hayratga soladi. Film oxirida Vira hech qanday tashqi bosimsiz butunlay o‘zi qaror chiqara olishini tushuna boshlaydi.



“Telba oshiq”

Foto: “Yandeks Dzen” 

Loyiha 2013-yilda suratga olingan, biroq shunga qaramay, kinokartinani necha marta tomosha qilishingizdan qat’i nazar, u sizni har doim o‘ziga rom etadi. Filmdagi musiqalar va sujet juda ajoyib yaratilgan. Loyihada Kundanning o‘z sevgisi uchun qanday to‘siqlarni yengib o‘tishi ko‘rsatilgan. Bosh qahramon Shankar Zoya boshqa birovni sevishini bilib, o‘z sevgisini qurbon qiladi. Filmda sevgi va nafratning yonma-yonligi, turli tabaqalardagi insonlarning muhabbat yo‘lidagi qiyinchiliklari ko‘rsatilgan.

 “Shirin orzular” 

Foto: “Yandeks Dzen” 

Filmda Rumi (Taapsi Pannu) va Viki (Vikki Kaushal) ismli qahramonlar bir-biriga oshiq bo‘ladi. Rumining oila a’zolari juftlikning yashirin munosabatlari haqida xabar topganidan keyin ularni turmush qurishga majburlashadi. Biroq Vikki Rumining ota-onasidan uning qo‘lini so‘rash iltimosini bajarishdan bosh tortadi. Oxir-oqibat, qizning yigitdan ko‘ngli qoladi va kelishilgan nikohga rozi bo‘ladi. Ana shunda Robbi (Abxishek Bachchan)  tufayli sevgi uchburchagi yuzaga keladi.

“Qaroqchi”

Foto: “Yandeks Dzen” 

Filmdagi voqealar 1990-yillarga borib taqaladi, badavlat insonning qizi firibgarni sevib qoladi, yigit uni tashlab ketadi. Keyinchalik ular kutilmagan sharoitda yana uchrashadi va u bir paytlar sevgan insonining hayoti xavf ostida ekanini bilib oladi. Filmning ikkinchi yarmi “So‘nggi yaproq” romani asosida suratga olingan. Film 2013-yilda ekran yuzini ko‘rgan va ko‘plab olqishlarga sazovor bo‘lgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »