Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Priti Zinta

Foto: Bolliwoodtime

Yoqimtoy aktrisa Tom Kruzni yaxshi ko‘radi. U “Mohir mergan” filmini tomosha qilganidan keyin aktyorga muxlislik qila boshlagan. 2011-yilda Anil Kapurning ziyofatida sevimli aktyor bilan uchrashgani uning hayotidagi eng baxtli onlardan biri bo‘lgan.

Rani Mukerji

Foto: Bolliwoodtime

Aktrisa turmush o‘rtog‘i Adityaga tuyg‘ulari haqida lom-lim demasligi mumkin, ammo Bred Pittni telbalarcha yaxshi ko‘rishini yashirmaydi.

Katrina Kaif

Foto: Yandex

Aktrisa “Sumerki”ni tomosha qilganidan keyin Robert Pattinsonning muxlisiga aylangan. U barcha qismlarni atigi 4 kunda ko‘rib tugatgan va agenti orqali aktyor bilan uchrashishga harakat qilgan. Ammo kumiri bilan uchrasha olmagan.

Bipasha Basu

Foto: Yandex 

Bipasha sevimli aktyori Josh Xartner bilan 2011-yilda Rola Joffening filmida suratga tushgan. Shundan keyin ular o‘rtasida bir gap borligi haqida mish-mishlar tarqalgan.

Ranbir Kapur

Foto: Bolliwoodtime

Ranbir aktrisalar Jessika Bil va Xolli Berriga muxlislik qiladi. Aktyor ular ijrosidagi filmlarni bitta qoldirmay tomosha qiladi.

Saif Ali Xon

Foto: Bolliwoodtime

Karina Kapur tomonidan yuragi zabt etilganiga qaramay, aktyor Rakel Uelchni o‘zgacha yaxshi ko‘radi. 80 yashar aktrisa Gollivudda hali-hamon o‘z o‘rniga ega.

Karina Kapur

Foto: Bolliwoodtime

Bugungi kunda baxtli turmush kechirib kelayotgan aktrisadan bir vaqtlar yigitini kimga almashishi mumkinligi haqida so‘ralganda u Leonardo Di Kaprio ismini tilga olgan.

Priyanka Chopra

Foto: Bolliwoodtime

Aktrisa “Sumerki” va uning yulduzi Robert Pattinsonni juda ham yaxshi ko‘radi va, shu bilan birga, Jerard Batlerni ham kelishgan deb hisoblaydi.

Sonam Kapur

Foto: Bolliwoodtime

Sonam turmushga chiqishidan avval oldingi munosabatlari haqida og‘iz ochmagan bo‘lishi mumkin, lekin hech qachon Leonardo Di Kaprioga bo‘lgan samimiy tuyg‘ularini yashirmagan.

Shohruh Xon

Foto: Bolliwoodtime

Bollivud qiroli Shohruh Xon Anjelina Jolining muxlisi ekanligini aytadi. U bir necha yil avval “Oltin globus” taqdirlash marosimida kumiri bilan suhbatlashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »