Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyati Samara—Chimkent trassasida sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida uch kishi, jumladan, O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Foto: polisia.kz

Hodisa 29-oktyabr kuni  Samara-Chimkent avtomobil yo‘lining 606-kilometrida sodir bo‘lgan. Kia Rio mashinasini boshqarayotgan 34 yoshli tojikistonlik haydovchi 31 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Chevrolet Captiva avtomobili bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida ikkala haydovchi va bir yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, avtomashinaning ikki nafar yo‘lovchisi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: polisia.kz

O‘limga olib kelgan baxtsiz hodisa yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 4-qismi bilan tergovga qadar tergov harakatlari boshlangan.

Qozog‘iston JK 345-moddasi 4-qismiga ko‘ra, avtotransport vositasini boshqarayotgan shaxs tomonidan yo‘l harakati yoki transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish, ehtiyotsizlik oqibatida ikki yoki undan ortiq shaxsning o‘limiga sabab bo‘lsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki yetti yilgacha muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilishni nazarda tutadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »