Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Leningrad viloyati Vyborg tumanida o‘zbekistonlik haydovchi piyodani urib yubordi, deb xabar bermoqda IVBG.

Foto: MK

Yo‘l-transport hodisasi 27-oktyabrga o‘tar kechasi “Vyborgga kirish” yo‘lida sodir bo‘ldi.

37 yoshli O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Chery Tiggo fuqaroni urib yuborgan. Aniqlik kiritilishicha, erkak yo‘lni noto‘g‘ri joydan kesib o‘tayotgan edi.

Erkak yo‘lning o‘rtasiga yetganda, uni “inomarka” kelib urdi. Piyoda olgan tan jarohatlari tufayli vafot etdi, — deyiladi xabarda.

Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

27-oktyabr kuni Sankt-Peterburg shahri Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonchasida tuproq ko‘chishi oqibatida o‘zbekistonlik uch ishchi halok bo‘lgandi.

Iyul oyida Leningrad viloyatida o‘zbekistonlik haydovchi yo‘lovchini urib, o‘ldirib qo‘ygani xabar qilingandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »