Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Tayson Fyurining promouteri Oleksandr Usikka qarshi jang sanasi o‘zgarganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri o‘rtasida mutlaq Jahon chempionligi uchun jang shartnomasi imzolangan.

“Usikka qarshi jang bo‘ladi, lekin 23-dekabrda emas. O‘sha kunda jangni o‘tkazish ahmoqlik bo‘ladi.

Fyuri 35 yoshda va u endigina 12 haftalik mashg‘ulotlarni va 10 raundlik jangni yakunladi. U dam olishi, oilasi bilan vaqt o‘tkazishi lozim. Yangi sanani esa tayyor bo‘lgan vaqtimizda e’lon qilamiz. Shartnoma tuzilgan va u hamon o‘z kuchida. Balki 2024-yilning yanvar yoki fevral oyida jang bo‘lib o‘tar. Barchasi Taysonga bog‘liq.

Tayson dekabrda jang qilishga tayyorligini aytgandi, lekin men uni o‘z-o‘zidan himoya qilishim kerak. Bu mening ishim”, — deydi promouter Frenk Uorren.

28-oktyabr kuni Tayson Fyuri va Frensis Ngannu Ar-Riyodda ringga ko‘tarildi. Yakunda Fyuri hakamlarning qaroriga ko‘ra (94-95, 96-93, 95-94) g‘alaba qozondi.

Oleksandr Usik so‘nggi jangini avgust oyida Daniel Dyubuaga qarshi o‘tkazib, 9-raundda texnik nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.  

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »